Kontent qismiga oʻtish

Iyqo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iyqo (arab.— tuzmoq, sozlamoq, belgilamoq) — Oʻrta asr musulmon Sharqi musiqa ilmining asosiy tushunchalaridan biri. Maxsus atama sifatida aruz va musiqa ilmining asoschisi hisoblanmish Xalil ibn Ahmadning (768 yilda vafot etgan) "Kitobul iyqo" va "Kitobunnagʻam" asarlarida ilk bor qoʻllanganligi taxmin qilinadi. Qad. risolalarda I. atamasining 10 dan ortiq taʼriflari keltiriladi. Shulardan asosiylari: 1) musiqiy harakat (intiqol)ning vaqt (yoki izchillik, takroriylik) jihatidan namoyon boʻli-shi; 2) musiqiy vaqt oʻlchami, faraz qilinuvchi eng kichik zamon birligi ("miqyol ul-avval", Forobiy). Ushbu maʼnoda zamonaviy Gʻarb musiqa ilmidagi metr va Sharq aruz nazariyasidagi vazn tushunchalariga mos keladi; 3) musiqiy vaqt oʻlchamlarining sifat koʻrsatgichi, yaʼni turli oʻlcham (metr) larning oʻzaro nisbatlari, musiqiy ritm tushunchasiga mos keladi. Agar "iyqo-metr" musiqiy vaqt jarayonini nazariy anglashning dastlabki bosqichi boʻlsa, "iyqo-ritm" ushbu ilmiy mavhumlashtirishning oliy darajasidir (yana q. Ilmi iyqo).

Abdumannon Nazarov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil