Kontent qismiga oʻtish

Izboskan zilzilasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Izboskan zilzilasi
Izboskan zilzilasi (Oʻzbekiston)
Sana va vaqti 15-may, 1992-yil(1992-05-15)
Miqdori 6,2 Mw
Chuqurligi 25.0 km (15.5 mi)
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston

Izboskan zilzilasi - 1992 y. 15 may mahalliy vaqt bilan soat 13 dan 08 min. oʻtganda Fargʻona vodiysining shimoli-sharqida Izboskan qishlogʻida boʻlgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Boʻtaqora — Qorabuloq uzilmasida 25 km chuqurlikda joylashgan. Bu yerda zilzilaning kuchi 8 ballga (MSK — 64 oʻlchovi boʻyicha) yaqin, magnitudasi (Rixter boʻyicha) M — 6,2 boʻldi. Zilzila oʻchogʻidagi togʻ jinslarini Yer poʻsti granit qatlamidagi yoriqlar boʻyicha yuqoriga qarab siljishi seysmik toʻlqinlarni kelib chiqishiga sabab boʻlgan. Seysmik toʻlqinlar epitsentral zona da 7—8 ball kuch bilan tarqalib atrof qishloqlarga ancha zarar yetkazdi. Ayniqsa, Qoʻchqorota, Madaniyat, Toshqoʻrgʻon, Xilo qishloqlarida imoratlar jiddiy zararlandi. I.z.ning kuchi Qoʻchqorota, Moylisoy, Madaniyatda 7 ball, Poytugʻ, Haqqulobod. Andijonda 6 ball, Oʻsh, Jalolobodda 5 ball, Fargʻona, Chustda 4 ball, Toshkent, Dushanbada 3 ballga yetdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil