Kontent qismiga oʻtish

JShShIR

Vikipediya, erkin ensiklopediya

JSHSHIR (ruscha: ПИНФЛ) – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U 14 ta raqamdan iborat va oʻzgartirilishi mumkin emas. Lekin yuridik shaxsning JShShIRiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin[1].

Bu raqam pasportda koʻrsatilgan va jins indeksini, tugʻilgan sanani, shahar kodini, fuqaroning seriya raqamini koʻrsatadi, shuningdek, nazorat raqamini oʻz ichiga oladi[2]. 2021-yili '''STIR''' olish amaliyoti bekor qilindi va uning oʻrniga fuqaro shaxsini tasdiqlovchi jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamidan foydalanish kengroq talqin qilina boshlangan. JSHSHIR davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi. Undan Yagona portal xizmatlaridan foydalanishda, oliygohga hujjat topshirishda, va elektron raqamli imzo olishda foydalanish mumkin[3]. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmaganlar esa Davlat xizmatlari markazlariga JSHSHIR olish uchun ariza berishi mumkin[4].

  1. „Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali“. my.gov.uz. YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. „JShShIR - nima u va nima uchun kerak?“. Tovarlarni raqamli markalash milliy tizimi. Asil Belgisi. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. „JSHSHIRni qanday aniqlash mumkin. Qo‘llanma“. Spot. “Afisha Media” MChJ. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  4. „Davlat xizmatlarida STIR/INN va JSHSHIR/PINFL raqamlari“. YouTube. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.