Jaʼfar al-Marogʻay
Qiyofa
Jaʼfar al-Marogʻay | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 967-yil (hijriy 356-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadisshunos |
Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Horis al-Marog‘ay (Abu Muhammad) (milodiy 967-yil (hijriy 356-yil)da vafot etgan) Nishopurda yashagan. Damashq va boshqa shaharlarda hadis eshitgan. Hadis talabida ko‘p yurtlarni kezgan, hadis to‘plovchilarning eng g‘ayratlisi va eng ko‘p hadis yiqqanlardan hisoblanadi. Oltmishdan ziyodroq yil davomida o‘z qo‘llari bilan hadislar yozib, bu mashg‘ulotini vafot topgunga qadar davom ettirgan. Eng ishonchli va eng sobit inson bo‘lgan. Bag‘dod, Basra, Kufa, Ahvaz, Misr, Movsul, Asqalon va boshqa yurtlarni kezib hadis eshitgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 78-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |