Jaan Kikkas
Jaan Kikkas | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Estoniya |
Tavallud sanasi | 5-iyun 1892-yil |
Vafot sanasi |
9-mart 1944-yil (51 yoshda) |
Vazni | 75 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Ogʻir atletika |
Klubi | Kalev Tartu |
Jaan Kikkas (1892-yil 5-iyun – 1944-yil 9-mart) – estoniyalik ogʻir atletikachi, Parijdagi olimpiya oʻyinlari sovrindori (1924). 75 kilogrammgacha boʻlgan ogʻir atletikachilar oʻrtasidagi bahslarda ishtirok etgan.
1921-yildan boshlab ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan. Kikkas 1924-yilgi olimpiada oʻyinlarida siltab koʻtarish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan.
Ikkinchi jahon urushi paytida oʻldirilgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jaan Kikkas 1892-yil 5-iyunda Rossiya imperiyasining Valga shahrida tugʻilgan[1][2].
Tallindagi metallga ishlov berish ustaxonasi egasining egasi boʻlgan[1].
Jaan Kikkas 1944-yilda ikkinchi jahon urushi paytida Tallin Sovet qoʻshinlari tarafidan bombardimon qilinganida vafot etgan. Tallindagi Liiva qabristoniga dafn etilgan[1][2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estoniyalik birinchi olimpiya chempioni, ogʻir atletikachi Alfred Neulandga havas qilib, 1921-yilda ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan. 1922-yilda terma jamoa safiga chaqirilga[1] .
Dastlab Valka mudofaa ligasi sport klubi aʼzosi boʻlgan. Keyinchalik Tartu shahridagi Kalev klubi safiga oʻtgan[1].
1922-yilda Tallin shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qatnashgan va oʻz vazn toifasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[1][2].
1923-yilda Boltiqboʻyi chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[2], 1923-yil Gothenburg oʻyinlarida esa kumush medal sohibi boʻlgan[1].
1924-yilda Parijdagi olimpiya oʻyinlarida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 5 ta yoʻnalish boʻyicha umumiy natijasi 540 kilogrammni tashkil etgan: 70 kg bir qoʻl bilan dast koʻtarish + 87,5 kg bir qoʻl bilan siltab koʻtarish + 80 kg dast koʻtarish + 85 kg dast koʻtarish + 127,5 kg siltab koʻtarish). Siltab koʻtarishdagi natija (127,5 kg) jahon rekordiga aylangan[1].
1925-yilda Kikkas Estoniya chempioni boʻlgan[2]. Faoliyati davomida yana 5 ta olimpiya va 3 ta Estoniya rekordini oʻrnatgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Kikkas, Juhan“ (et). ESBL. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Jaan KIKKAS“ (en). IOC. 2022-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.