Jamila Baspakova
Jamila Tolegenovna Baspakova (1966-yil 15-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi, Qaragʻanda viloyati, Temirtau shahrida tugʻilgan. Qozogʻistonlik opera qoʻshiqchisi (lirik-koloratura soprano ijrochisi). 1999-yilda Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim faxriy unvoniga, 1994-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. 1994-yildan Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi opera-yakkaxoni sanaladi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamila 1966-yil 15-yanvarda Qaragʻanda viloyatining Temirtau shahrida dunyoga kelgan.
U 1987-yil Temirtau shahridagi musiqa bilim yurtini tamomlaydi.
1987-1992-yillarda Kurmangaz nomidagi Olmaota davlat konservatoriyasini vokal fakultetida tahsil olib, (Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist S.G.Kurmangaliyeva professor qoʻlida) tamomlaydi.
1992-1993-yillarda (Italiya, Ozimo shahrida) sanʼat-opera akademiyasida professor Mario Melanida qoʻlida malakasini oshiradi.
Jamila Baspakova 1994-yildan shu davr mobaynigacha Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri yetakchi yakkaxoni sifatida faoliyat yuritadi.
U 2013-yildan Kurmangaz nomidagi Qozogʻiston milliy konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.
Repertuarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abay nomidagi Qozogʻiston davlat opera va balet teatri
- Myuzetta (J.Puchchinining „Bogema“si)
- Mikaela (J.Bizening „Karmen“i)
- Rozalinda (I.Shtrausning „Koʻrshapalak“)
- Lyuchiya (g.Donitsetti „Lyuchiya di Lammermur“)
- Adina (G.Donitsetti „Muhabbat sharobi“)
- Jilda (J.Verdi „Rigoletto“)
- Rozina (J.Rossini „Sevillik siryulniklar“)
- Tomiris (A.Serkebayev „Tomiris“)
- Lyu (J.Puchchini „Turandot“)
- Violetta (J.Verdi „Traviata“)
- Margarita (Sh.Guno «Faust»)
- Marfa (N.Rimskiy-Korsakov „Saroy xonimi“)
- Venera (R.Vagner «Tangeyzer»)
- Oskar (J.Verdi „Maskaradli bal“)
- Konstansa (V.Motsart „Seralyadagi oʻgʻirlik“)
- Ganna (f.Legar „Quvnoq beva“)
- Soprano ijrosida (K.Orf „Boyern qoʻshigʻi“)
Xizmat safarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]MDH mamlakatlari boʻylab bir qancha xizmat safarlarida boʻlgan: Toshkent, Bishkek, Ashxobod, Omsk, Orenburg, Ashxobod opera teatrida, Xarkov, Qozonda. Moskvadagi Katta teatrlarda, Maslahatlar uyi zalida, Sankt-Peterburg Tavrich Saroyi, Parij-Pliyed zalida, Germaniya Bonn, Berlin, Frankfurtmayn, Gollandiya va Belgiya shaharlarining nufuzli zallarida ham kuylagan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vokal tanlovi mukofotlari:
- 1991-yil K.Bayseitova nomidagi (Olmaota) Xalqaro vokalchilar tanlovi laureati.
Unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1994-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni berilgan. (1994-yil 26-mayda)[1]
- 1999-yil — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim“ faxriy unvoni berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН О НАГРАЖДЕНИИ ГРУППЫ УЧАСТНИКОВ ДНЕЙ РЕСПУБЛИКИ КАЗАХСТАН В УЗБЕКИСТАНЕ: За самоотверженный труд и высокое профессиональное мастерство, проявленные при подготовке и проведении Дней Республики Казахстан в Узбекистане, присвоить почётные звания: «Заслуженный артист Республики Узбекистан»: Баспаковой Жамиле — солистке государственного академического театра оперы и балета имени Абая