Jangeldin (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Qoʻstanoy viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Toʻrgʻay | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Kenjegarin Asqarbek Ahmetbekovich | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2010) | 15,860 [1] | |
Zichligi | 0,4 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar — 98,97% Ruslar — 0,36% Tatarlar — 0,26% [1][2] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 71439[3] | |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
Rasmiy sayti | http://zhangeldy.kostanay.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
49°42′0″N 63°54′0″E / 49.70000°N 63.90000°E |
Jangeldin tumani 1928-yili tashkil topdi. (1928-1950-yillarda — Toʻrgʻay tumani) — Qoʻstanoy viloyatining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 37,6 ming km². Aholisi 16,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 0,4 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Toʻrgʻay qishlogʻi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman 1928-yili Toʻrgʻay tumani nomi bilan tashkil topdi, 1950-yilda esa Jangeldin tumani deb nomi oʻzgartirildi. Jangeldin tumani — tarixi katta. A.Jangeldinning revolyutsiya xizmati, Amangeldi Imanov boshchiligidagi 1916-yilgi Sovet Hukumatiga qarshi ozodlik qoʻzgʻaloni Toʻrgʻay diyori bilan bogʻliq. Ibiray Altinsarin qozoq davlatidagi toʻngʻich qozoq-rus maktabini shu tumanda ochdi.[4]
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
- qozoqlar — 24 577 kishi (98,97 %)
- ruslar — 1266 kishi (0,36 %)
- tatarlar — 879 kishi (0,26 %)
- boshqalari — 66 kishi (0,42 %)
- Umumiy — 15 860 kishi (100,00 %)
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jangeldin tumanining eri asosan Toʻrgʻay dalasi deb nomlanadigan dashtlardan iborat. Shimoliy-gʻarb tarafi dengiz sathidan balandligi 210 — 310 metr, Jilandi va Qargʻali togʻlari joylashgan Toʻrgʻay usyurtining janubiy-gʻarbiy chetini tashkil qiladi. Toʻrgʻay va Buyuk ilonchiq daryolari yoqalab Aygʻirqum, Toʻsin va Oqqum qumlari mavjud. Foydalali qazilmalaridan qurulish materiallari konlari bor.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 17 °C, iyulniki 22 — 25 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 225 – 275 mm. Tumanda Toʻrgʻay, Oʻlkeyek, Buyuk ilonchiq va Teke daryolari va koʻllari mavjud. Katta koʻllari: Oqkoʻl, Jaman aqkoʻl, Sariqopa, Jarkoʻl, Ashitastisor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi