Jarqoʻrgʻon koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Uzunligi | 3 km |
Kim sharafiga nomlangan | Jarqoʻrgʻon tumani |
Koʻchada joylashgan binolar |
Toshkent yogʻ-moy kombinati nuroniylar profilaktoriysi |
Jarqoʻrgʻon koʻchasi — Yashnobod tumani hududidagi „Jarqoʻrgʻon“, „Yangi davr“ mahallasida joylashgan. Fargʻona yoʻli va Izzat koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 3 km.
1930-yillarning 2-yarmidan boshlab joy uzlashtirila boshlangan. Oʻtroq aholi koʻchib kelishi munosabati bilan 1940-yillar atrofida tashkil topgan. Surxondaryo viloyatidagi joy nomidan olingan. Tarkibida 1 ta berk koʻchasi bor[1].
Koʻcha yoʻnalishida Toshkent yogʻ-moy kombinati, oilaviy poliklinika, „Yangi davr“ mahalla guzari, nuroniylar profilaktoriysi, shaxsiy turar joy va maʼmuriy binolar, kinoteatr, maktab, bogʻcha, savdo majmualari, sanoat korxonalari va ularning bazalari, avtobus bekatlari, umumiy ovqatlanish maskanlari va turli servis xizmatlari joylashgan. Yaqinida stadion, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, bozor va aloqa boʻlimi bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.