Jav
Jav soʻzi fors-tojik tili leksikasi boʻlib, eski oʻzbek tiliga oʻtgan. Ammo u eski oʻzbek tiliga oʻzlashmagan. Faqat poeziyada qaytariqlardan qochish maqsadida boshqa tildagi nomini qoʻllash lozim koʻrilgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda qayd etilmagan. Bizning kuzatishimizcha, bu soʻz XIV-XV asrlarda koʻproq va kenyingi asrlarda, nihoyatda kam qoʻllangan. Alisher Navoiy asarlarida: Ki yuz mendek, tumon andoqqi Xisrav, Habo oʻlsa qazo olinda bir jav. (Farhod va Shirin, 568) tarzida keladi.
Eski tojik tilda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eski tojik tilida jav gʻallae, ki beshtar ba charpoyon medihand va az on non ham mepazand (FZT. P, 1969 , 763)
Hozirgi tillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tojik tilida jav, fors tilida جو (djooʻ), kurd tilida ceh, „Turkiy tillar lugʻati“da جو yachmennoe zerno (Budagov, I ,1869. 443) koʻrinishlarida keladi.
Etimoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu soʻzning etimoni haqidagi maʼlumotlarni uchratmadik va uning etimoni toʻgʻrisida ham aniq koʻrsatkichlarga ega emasmiz. Biroq hozirgi oʻzbek tilida joʻxori soʻzi bilan jav — arpa soʻzlari oʻrtasida yaqinlik boʻlsa kerak.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. Don nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 42-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.