Javhariy (shoir)
Qiyofa
Javhariy (15-asr) — fors-tojik tilida ijod qilgan samarqandlik shoir.
Uning nomi "Majolis un-nafois"ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sobunxona (sovun tayyorlanadigan joy) boshqaruvchisi ekanligini, shu atrofda oʻzi uchun kichik bir hujra ham qurganligini aytib aruz ilmini yaxshi bilishi va „Siyar un-nabiy“ („Paygʻambarning xislatlari“) deb nomlangan asari borligi haqida maʼlumot beradi. „Majolis un-nafois“da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Falak baski, dar mavkibash toxta,
Ba har moh naʼle biyandoxta.
(Mazmuni: Falak oʻz markabi (otiga minib) yugurganda, har bir oyga bir taqa tashlab ketdi).
Shoir Javhariyning qabri Samarqand shahrida[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |