Kontent qismiga oʻtish

Javohir ut-tafsir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Javohir ut-tasfir", (toʻliq nomi: „Javohir ut-tafsir lituhfat il-amir“) — Husayn Voiz Koshifiyning Alisher Navoiyga atab yozgan Qurʼon tafsiri.

Muallif uning muqaddima qismida Qurʼonni tafsir qilish uchun bilish zarur boʻlgan 22 fanni toʻrt guruhga ajratib sharh beradi. „Javohir ut-tafsir“ sheʼriy yoʻlda yozilgan boʻlib, hajman 50 ming baytdan ortiq. Unda faqat „Baqara“ va „Oli Imron“ suralari tafsir qilinganligi sababli „Tafsiri zahrovayn“ ham deb atashadi. Koshifiy ushbu tafsirning „Muxtasar“ nomi bilan qisqartirilgan variantini ham tayyorlagan. „Javohir ut-tafsir“ning ikkita qoʻlyozmasi Turkiyadagi Sipahsolor madrasasi kutubxonasida saqlanadi.

"… Va musannafotidin biri „Javohir ut-tafsir“ durkim, „Al-Baqara“ surasin bir mujallad bitibdurkim, munsifi qatʼ bila yuz juz boʻlgʻay". („Majolis un-nafois“, 4-majlis)[1][2]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Majolis un-nafois".