Kontent qismiga oʻtish

Jayde Riviere

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jayde Riviere
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jayde Yuk Fun Riviere[1]
Tavallud sanasi 22-yanvar 2001-yil (2001-01-22) (23 yosh)
Tavallud joyi Pickering, Ontario, Kanada
Boʻyi 163cm
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Michigan Wolverines
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Jamoa
West Rouge SC
2005—2010 Pickering SC
Markham SC
2017—2019 Vancouver Whitecaps FC
Milliy terma jamoa
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016 Kanada U15 7 (4)
2016—2018 Kanada U17 16 (2)
2018 Kanada U20 5 (0)
2017- Kanada 35 (1)
Xalqaro medallar

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-iyul 2022-yil uchun)

Jayde Yuk Fun Riviere (2001-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — Kanadalik futbol himoyachisi, „Katta oʻnlik“ konferensiyasida „Michigan Wolverines“ va Kanada ayollar terma jamoasi oʻynaydi. Kanada terma jamosi bilan 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riviere toʻrt yoshida West Rouge SC uchun oʻynashni boshlagan va keyinchalik Pickering SC, Markham SC va Ontario REXda faoliyat yuritgan. 13 yoshdan 15 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Markham SC safida u bir mavsumda 50 ta gol, har bir oʻyinda oʻrtacha 2,5 gol urib, yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb topilgan[2]. 2017-yil avgust oyida Riviere Vancouver Whitecaps FC Girls Elite Super REX jamosiga qoʻshilgan[3].

Kollejdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riviere 2014-yilda 14 yoshida Michigan universitetida futbol oʻynashga qaror qilgan. U 2019-yilning kuzida Michiganga oʻqishga kirishidan oldin yana 28 ta kollejdan futbol stipendiyasi taklifini olgan[4].

U kollejda oʻynashni boshlaganida, himoyachi pozitsiyasiga oʻtgan va u Michigan shtatining birinchi kurs talabasi sifatida 16 oʻyindan 15 tasida maydonga tushgan. U karyerasidagi birinchi golini Katta oʻnlik turnirida „Wolverines“ning „Rutgers“ga qarshi yarim final oʻyinida kiritgan[5].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Riviere 15 yoshgacha boʻlgan CONCACAF chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Iordaniyada boʻlib oʻtgan FIFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada sharafini himoya qilgan[6].

2017-yilning 12-noyabrida u xalqaro miqyosdagi debyutini AQShga 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchrash orqali boshlagan. 2019-yil 25-may kuni u 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati roʻyxatiga kiritilgan[7].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rivierning otasi Dominikan, onasi esa Gonkonglik.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jayde Riviere tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 29.01.2020 HEB Park, Edinburg, Amerika Qoʻshma Shtatlari Saint Kitts va Nevis 6 — 0 11-0 2020-yilgi CONCACAF ayollar olimpiya saralash chempionati
  1. „Women's Olympic Football Tournament Tokyo 2020 Squad Lists“. FIFA.
  2. „Riviere is on track to be among Canada's next generation of elite soccer players“ (inglizcha). Ron Fanfair. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
  3. „Jayde Riviere“. Vancouver Whitecaps FC (3-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  4. „Riviere is on track to be among Canada's next generation of elite soccer players“ (inglizcha). Ron Fanfair. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
  5. „Jayde Riviere - Women's Soccer“ (inglizcha). University of Michigan Athletics. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
  6. „Jayde Riviere“. Vancouver Whitecaps FC (3-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  7. „Together We Rise: Canada Soccer announces squad for the FIFA Women's World Cup France 2019“. 6-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2019-yil.