Jeff Yass

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jeffri S. Yass (1956-yilda tugʻilgan) – amerikalik milliarder biznes magnati hisoblanadi. Forbes jurnalining 2023-yildagi „Dunyoning eng boy odamlari“ roʻyxatiga koʻra, Yass 28,5 milliard dollarga teng boylikka ega boʻlib, u dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida 48-oʻrinni egalladi.[1] U Filadelfiyada joylashgan Susquehanna International Group (SIG)ning hamtaʼsischisi va boshqaruvchi direktori hamda TikTokning dastlabki investorlaridan biridir. 2001 yilda u Kato institutining ijrochi maslahat kengashiga qoʻshilgan. Yass Pensilvaniya Hamdoʻstligining eng boy odami hisoblanadi. Nufuzli siyosat arbobi, u Qoʻshma Shtatlardagi 10 ta eng yirik siyosiy donorlaridan biri hisoblanadi.[2] Isroilning Haaretz gazetasiga koʻra, u isroilning oʻng qanot partiyasining asosiy tarafdori hisoblanadi.[3]

Hayotning boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yass Nyu-Yorkning Queens shahrida oʻrtahol yahudiy oilasida katta boʻlgan.[4] Uning otasi Gerald Yass boʻlib, uning bar mitsvasida boʻlgan „bolalikdagi sevgilisi“ Sybildir. [5][6] Geraldning Kerol ismli singlisi bor.[6] Gerald 1951-yilda Bruklindagi LIU universitetini bakalavr darajasi bilan tamomlagan va Datatab Inc. kompaniyasida buxgalter boʻlib ishlagan va soʻngra boshqaruv raisi darajasiga koʻtarilgan. Keyinchalik u " SIG "ga aylangan Filadelfiya Trading korxonasiga asos solgan.[6] 2018-yil holatiga koʻra, u hali ham " SIG "da katta ijrochi va maslahatchi direktor sifatida ishlaydi.[6] Jeffri Yass Queensdagi davlat maktablarida tahsil olgan.[7] U Binghamton universitetida matematika va iqtisod yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr darajasini olgan.[8][9] U Nyu-York universitetida iqtisod boʻyicha aspiranturada oʻqigan[9], ammo uni tugatmagan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yillarda Binghamtondagi Nyu-York Davlat Universitetida oʻqib yurgan vaqtida, Yass va besh nafar talabalar doʻst boʻlishdi va keyinchalik AQShdagi eng yirik likvidli qimmatli qogʻozlar sotuvchisi Susquehanna International Group (SIG) ga asos solishgan.[10][11] Milliarder treyder boʻlmish Israel Englander Yassga Filadelfiya fond birjasidan joy egallashi uchun homiylik qildi va " SIG "ni dastlab birjadagi ofisida boshqarilgan.[10] Uning otasi Gerald Yass ham kompaniyani tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshgan.[10] Bu vaqtgacha esa Yass professional qimorboz boʻlgan.[12]

Siyosiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yass 2002-yilda libertar Kato instituti direktorlar kengashining aʼzosi boʻldi[13][14] va hozirda esa ijroiya maslahat kengashi aʼzosi.[15] 2015-yilda Yass Rend Polning prezidentlikka nomzodini qoʻllab-quvvatlash uchun Super PAC ga 2,3 million dollarlik xayriya qilgan.[16] 2018-yilda u Club for Growth klubiga 3,8 million dollarlik, 2020-yilda esa 20,7 million dollar xayriya qildi.[17] Yass va uning rafiqasi boʻlmish Jeyn Koslett School choice jamoatchilik harakati tarafdorlari boʻlib, Koslett 2017-yilda The Washington Examiner nashriga oʻsha vaqtdagi taʼlim vaziri Betsi DeVosning maktab tanlash borasidagi fikrlarini qoʻllab-quvvatlash uchun fikr-mulohazalarini yozgan.[18] 2020-yilning noyabr oyida Yass respublikachi nomzodlarga 25,3 million dollarlik xayriyani amalga oshirdi va AQShdagi eng yirik siyosiy donorlar oʻnligidan biri boʻlgani xabar qilingan edi.[19] 2021-yilning mart oyida Haaretzdagi tergov davomida Jeff Yass va Artur Dantchik Isroildagi Kohelet siyosat forumiga xayriyalarning katta qismi ortida turganligini aniqlandi.[20][21] 2021-yilning noyabr oyida u butun mamlakat boʻylab 2022-yilgi saylov davomida qatnashadigan respublikachi nomzodlarning uchun targʻibot ishlarini olib boradigan PAC va Maktab erkinligi jamgʻarmasiga 5 million dollar xayriya qildi.[22] 2022-yilning iyun oyida ProPublica Yassni „1 milliard dollar soliqdan qochgan“ va „soliqlarni kamaytirish va saylovni rad etuvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻz pullarini turli kampaniyalarga sarflagan“ deb daʼvo qildi.[23]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda Yass Filadelfiya jurnalida 76 ta Oʻzgartirish kirita olgan aqllardan biri sifatida paydo boʻldi.[24]

The Intercept maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil holatiga koʻra, u Pensilvaniyadagi eng boy odam deb topilgan.[25]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yass Janine Kosletga uylangan.[26][27] Ular bir necha yillardan beri Pensilvaniya shtatining Quyi Merion shaharchasidagi Haverfordda yashashgan.[19] Ularning toʻrt farzandi, ikki oʻgʻli va ikki qizi bor.[28] 2001-yilning dekabr oyida, 11-sentabr xurujlaridan soʻng, jabrlanganlarga yordam berish uchun Nyu-York va Nyu-Jersi port maʼmuriyati tomonidan tashkil etilgan xayriya fondiga xayriya qilishini eʼlon qilgan edi.[29] U „Save the Children“,[30][31][32] ''Golfning ruhi jamg'armasi'',[33] Favqulodda yordam markazining „oilalar birinchi“ binosiga,[34] va Franklin institutiningFranklin oilaviy koʻngilochar qoʻmitasi“ni qoʻllab-quvvatlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Forbes Billionaires 2023: The Richest People In The World“ (English). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 13-may.
  2. Knickerbocker, Ken. „Bala CEO's $25 Million Contribution to Republican Candidates and Groups Makes Him One of America's Top Political Donors“. MontCo Today (2020-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  3. „The U.S. billionaires secretly funding the right-wing effort to reshape Israel“ (en). Haaretz. Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  4. „Beating the Odds – Susquehanna International – Jeff Yass“. Philly Mag (2009-yil 26-avgust). 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  5. „Susquehanna International Group LLP Stands To Make Billions Off TikTok“. The Intellectualist.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „LIU Brooklyn Alum Gerald Yass Endows Scholarship for Accounting Majors“. LIU Magazine (spring 2018). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  7. Bunch. „It's the libertarianism, stupid“. www.inquirer.com.
  8. „Bloomberg profile: Jeff Yass“. Bloomberg LP. Bloomberg LP. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  9. 9,0 9,1 „MIT Sloan Sports Analytics Conference Speaker | Jeffrey Yass“. www.sloansportsconference.com.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Susquehanna International Group LLP Stands To Make Billions Off TikTok“. The Intellectualist. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "auto1" defined multiple times with different content
  11. Gara. „How Trader Jeff Yass Parlayed Poker And Horse Race Handicapping Into A 112 Billion Fortune“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  12. „Jeff Yass“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  13. „Board of Directors“. Cato Institute (2006). 2005-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 15-sentyabr.
  14. Segal, Geoffrey F.; Samuel R. Staley. „News Notes“. CATO Policy Report. Cato Institute (september–october 2002), s. 13. 2003-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 15-sentyabr.
  15. „Center for Monetary and Financial Alternatives“. Cato Institute.
  16. „Million-Dollar Donors in the 2016 Presidential Race“. New York Times (2015-yil 25-avgust). Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  17. „Billionaires backed Republicans who sought to reverse US election results“ (en). the Guardian (2021-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-yanvar.
  18. „DeVos isn't opposed to public education, she opposes failing schools“ (2017-yil 7-fevral).
  19. 19,0 19,1 Knickerbocker, Ken. „Bala CEO's $25 Million Contribution to Republican Candidates and Groups Makes Him One of America's Top Political Donors“. MontCo Today (2020-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "MontCo Today" defined multiple times with different content
  20. „Jewish American tycoons are financing far-right policies in the US and Israel“ (en-GB). Middle East Monitor (2021-yil 12-mart). Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  21. „The U.S. billionaires secretly funding the right-wing effort to reshape Israel“ (en). Haaretz. Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  22. „School Freedom Fund PAC Donors“.
  23. „Meet the Billionaire and Rising GOP Mega-Donor Who's Gaming the Tax System“. Propublica (2022). Qaraldi: 2002-yil 21-iyun.
  24. Jordan, Sarah (November 2001). „76 Revolutionary Minds“. Philadelphia Magazine. June 29, 2006da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 15, 2006.
  25. Lacy, Akela. „Centrist Democratic PAC's Sole Funder Is a Republican Megadonor“. The Intercept (2023-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  26. „Margaret Coslett Obituary (2015) - Times Leader“. www.legacy.com.
  27. „Class of 1981“. www.muhlenbergconnect.com.
  28. „2009 Men's Water Polo: Robbie Yass“. Brown University Athletics. Qaraldi: 2021-yil 17-yanvar.
  29. „Port authority establishes world trade center memorial fund to aid victims and their families“. Port Authority of NY and NJ (2001-yil 29-sentyabr). 2007-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 15-sentyabr.
  30. „Save the Children Presents Distinguished Service Awards to Trustees Jeffrey Yass“. Trustees Saluted. Save the Children (2001-yil 10-aprel).
  31. „Protecting Children in a Time of Crisis - Annual Report 2008“. Save the Children.
  32. „Revitalizing Newborn and Child Survival - Annual Report 2009“. Save the Children.
  33. „SGF Advisory Board Members“. Spirit of Golf Foundation (2006). 2006-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 15-sentyabr.
  34. „Families First Contributors“. People's Emergency Center (PEC) (2006). 2006-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 15-sentyabr.

Qoʻshimcha adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]