Kontent qismiga oʻtish

Jelezin (tuman)

Koordinatalari: 53°32′0″N 75°18′0″E / 53.53333°N 75.30000°E / 53.53333; 75.30000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jelezin tumanidan yoʻnaltirildi)
Jelezin tumani
Железинка ауданы
tuman
Tarkibida Pavlodar viloyati
Maʼmuriy markazi Jelezinka
Asos solingan sanasi 1938-yil
Akim Nukenov Qayrat Temirshotovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2010) 19 389[1]
Zichligi 2,23 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 46,15%
Qozoqlar - 40,5%
Olmonlar - 5,5%
Ukrainlar - 3,72%
Tatarlar - 0,15%
Beloruslar - 0,83% <[1]
Dinlar tarkibi Xristianlar, musulmonlar
Maydoni 7,7 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71831 [2]
Pochta indeksi 140400-140410[3]
Avtomobil raqami kodi S, 14
Xaritada
Jelezin tumani xaritada
53°32′0″N 75°18′0″E / 53.53333°N 75.30000°E / 53.53333; 75.30000

Jelezinka tumani — Pavlodar viloyatining tarkibidagi tuman. Jelezinka tumani 1938-yili tashkil topdi. Tuman markazi — Jelezinka qishlogʻi, viloyat markazigacha oraliq masofa (Pavlodar shahrigacha) 188 kilometr.

Tuman hududi 7,6 ming km². Shimolida Omsk viloyati bilan, shimoliy-gʻarbida — Novosibirsk viloyati bilan, janubida — Qashir tumani bilan chegaradosh, sharqida — Irtish tumani bilan, ularni Irtish daryosi ajtarib turadi.

Tuman iqlimi jiddiy kontinentalli, bahor va yoz oylarida qurgʻoqchilik boʻladi, yogʻingarchilk asosan yoz oylarining oʻrtasida boʻladi, yozda havo harorati juda issiq, qish oylarida esa qahraton sovuq boʻladi, yil boʻyi shamol esib turadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º −19 °C, iyul oyida — +19º +20 °C boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori — 275,5 mm, ayrim paytda 300 mm-ga etadi.

1999-yili tuman aholsi — 26,3 ming kishini, 2012-yili — 17,19 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻratacha zichligi 1999-yili 1 km² 3,45 kishidan, 2012-yili esa 2,23 kishidan toʻgʻri keldi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)

  • ruslar — 7 937 kishi (46,15 %)
  • qozoqlar—6 965 kishi (40,5 %)
  • ukrainlar— 640 kishi (3,72 %)
  • olmonlar — 946 kishi (5,5 %)
  • tatarlar — 254 kishi (0,15 %)
  • beloruslar — 143 kishi (0,83 %)
  • boshqalar — 312 kishi (1,81 %)
  • Umumiy— 17 197 kishi (100,00 %)

RSFSR AKJO 1953-yilgi 31-yanvardagi farmoniga binoan Maksim-Gorkiy tumanini kengaytirish natijasida Urlitoʻbeli tumani tashkil topdi. Tuman Oliy Kengash Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi farmoni bilan parchalangan Urlitoʻbeli tumanidan qoʻshib olingan 10 ta qishloq evaziga tashkil topgan.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 36 ta bilim beruvchi maktablar va 2 kasbiy litsey-maktabi bor.

Tumanda 2 ta kasalxona va 7 shifokorlik ambulatoriya-shifoxona mahkamalari bor, undagi shifokorlar va oʻrta maxsus tibbiyot hodimlari soni 24 va 108 kishi.

Tumanda 16 kutubxona, 9 klublar faoliyat yuritmoqda. 1935-yildan boshlab tumanda gazeta chiqariladi. Badiy hunarning monumentalli yodgorligi Kengash Ittifoqining qahramoni I.V. Babinga atalgan 1965-yilgi haykal va 1920-yilgi I.D. Putinsev boshchiligi bilan V.I. Leninga atalgan bogʻ boʻlib hisoblanadi. Tuman aholisi uchun Jelezinka markaziy tuman kutubxonasi hizmat koʻrsatadi.

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kengash Ittifoqining qahramonlari: I. V. Babin, A. S. Kvitkov, I. G Ledovskoy.;
  • Ijtimoiy Mehnat qahramonlari: J. K Jusipov., M. I.Trusov.