Jesé
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jesé Rodríguez Ruiz[1] | ||
Tavallud sanasi | 26-fevral 1993-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Las Palmas, Ispaniya[2] | ||
Boʻyi | 1.78 cm (1⁄2 in)[2] | ||
Ampluasi | Vinger / Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Johor DT | ||
Raqami | 33 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003–2005 | El Pilar | ||
2005–2007 | Huracán | ||
2007–2011 | Real Madrid | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011–2013 | Real Madrid B | 77 | (30) |
2011–2016 | Real Madrid | 63 | (13) |
2016–2020 | Paris Saint-Germain | 12 | (1) |
2017 | → Las Palmas (ijara) | 16 | (3) |
2017–2018 | → Stoke City (ijara) | 13 | (1) |
2019 | → Real Betis (ijara) | 14 | (2) |
2019–2020 | → Sporting CP (ijara) | 12 | (1) |
2021–2022 | Las Palmas | 57 | (13) |
2022–2023 | Ankaragücü | 14 | (2) |
2023 | Sampdoria | 11 | (1) |
2023 | Coritiba | 6 | (1) |
2024– | Johor Darul Taʼzim | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Ispaniya U16 | 3 | (1) |
2010 | Ispaniya U17 | 7 | (1) |
2011 | Ispaniya U18 | 2 | (1) |
2010–2012 | Ispaniya U19 | 11 | (6) |
2013 | Ispaniya U20 | 8 | (5) |
2013–2014 | Ispaniya U21 | 5 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-oktyabr uchun) |
Jesé Rodríguez Ruiz (1993-yil 26-fevralda tugʻilgan), Jesé nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi. Malayziya Superligasida ishtirok etadigan Johor DT jamoasi tarkibida qanot yarim himoyachisi yoki hujumchisi sifatida oʻynaydi.
Ispaniyaning eng mashhur jamoalaridan biri, „Real Madrid“ klubi akademiyasi bitiruvchisi Jesé 2011-yilda kattalar jamoasida debyut qilgan va klub uchun barcha musobaqalarda 94 oʻyin oʻtkazib va oʻn sakkizta gol urgan. 2014-yilgi mavsumda tizzasidan jiddiy jarohat olgan natijasida Madriddagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmagan. Madriddagi faoliyati davomida Jesé ikkita Chempionlar ligasi medalini qoʻlga kiritgan, shuningdek, La Liga, FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati va Qirol kubogida gʻolib chiqgan.
Jesé 2016-yilda Real Madrid jamoasini tark etib, Liga 1 turniri ishtirokchisi Paris Saint-Germain jamoasi €25 million yevro evaziga qoʻshilgan. Parij klubidagi dastlabki mavsumi odali oʻtmagan va natijada olti oydan soʻng Ispaniyaga qaytib, mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Las-Palmas“ klubiga oʻtgan. Keyinchalik Jesé 2017/2018-yilgi mavsumda Premyer-liganing „Stok Siti“ jamoasida, keyinroq esa 2018/2019-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida „Real Betis“ jamoalarida ijara asosida oʻynagan. 2019/2020-yilgi mavsumni Primeira Liga klubi Sporting CP jamoasi tarkibida ijara asosida oʻtkazgan. Jesé PSG jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach Las-Palmas jamoasi bilan doimiy shartnoma asosida klubga qaytgan.
Terma jamoalar miqiyosida Jesé Ispaniya uchun 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar darajasida 36 oʻyin oʻtkazib, umumiy hisobda oʻn oltita gol urgan. Jesé Ispaniya U19 jamoasi tarkibida 2012-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan va turnirning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlangani uchun „Oltin butsa“ sovrinini qoʻlga kiritgan[3].
Jesé futbolchilikdan tashqari musiqachi boʻlib tanilgan va „Jey M“ tahallusiga aga. U ilgari 2014-yil mart oyida tashkil etilgan va oʻsha yilning oxirida tarqalib ketgan ikki kishilik reggaeton guruhining bir qismi boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanar orollarining Las Palmas shahrida tugʻilgan Jese futboldan tashqari, musiqachi va yaqin doʻsti DJ Nuno bilan 2014-yil mart oyida Big Flow nomli ispan reggaeton guruhini tuzgan. Bu juftlik birgalikda YouTube'da ikkita qoʻshiq chiqardilar, birinchisi La Mano Arriba deb nomlangan. Oʻsha yilning noyabr oyida guruh tarqalib ketgan va Jesé 2015-yilda „Jey M.“ nomi ostida yakkaxon karerasini davom ettirishini eʼlon qilgan[4][5][6]. 2018-yilda u „La Prueba“ – „Isbot“ nomli qoʻshigʻini chiqargan, undan tushgan daromadni tugʻma giperinsulinizm kabi kasalliklarni tadqiq qilish uchun xayriya qilmoqchi boʻlgan[7].
2020-yil dekabr oyida Jesé parijliklar bilan shartnomasini muddatidan oldin yakunlagan. Xabar qilinishicha, u Kanar orollariga sayohat paytida COVID-19 qoidalarini buzgan. Natijada bu voqealar PSJ bilan shartnomani bekor qilishga yordam bergan[8].
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jesé „Real Madrid“ jamoasining futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yil Real Madrid yoshlar tizimi bilan shartnoma imzolagan va shundan soʻng klubga qabul qilingan. Jesé klubning asosiy jamoasiga qadar yoshlar tizimining bir necha jamoalarida oʻynagan. 2011-yilning 16-yanvarida Real Madrid Castilla jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan.
Real Madrid safida ilk bor 2011-yil 12-dekabr kuni Ispaniya kubogi baxsida maydongga tushgan. Jesé vingerlik qobilyati va zahiradan maydonga tushib oʻyinni kuchaytirishi sababli, Madrid jamoasining oʻsha davrdagi Jose Mourinho uni asosiy jamoa tarkibiga jalb etgan[9][10].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Barcha statistika 2023-yil 8-mayda oʻtkazilgan oʻyinlar xolatiga koʻra toʻgʻri[11]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok[lower-alpha 1] | Liga kubogi[lower-alpha 2] | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Real Madrid Castilla | 2010–11 | Segunda División B | 3 | 0 | — | — | — | — | 3 | 0 | ||||
2011–12 | 36 | 9 | — | — | — | 3 | 2 | 39 | 11 | |||||
2012–13 | Segunda División | 38 | 22 | — | — | — | — | 38 | 22 | |||||
Jami | 77 | 31 | — | — | — | 3[lower-alpha 3] | 2 | 80 | 33 | |||||
Real Madrid | 2011–12 | La Liga | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
2013–14 | 18 | 5 | 8 | 3 | — | 5[izoh 1] | 0 | 0 | 0 | 31 | 8 | |||
2014–15 | 16 | 3 | 3 | 1 | — | 3[izoh 1] | 0 | 1[lower-alpha 4] | 0 | 23 | 4 | |||
2015–16 | 28 | 5 | 1 | 0 | — | 9[izoh 1] | 1 | — | 38 | 6 | ||||
Jami | 63 | 13 | 13 | 4 | — | 17 | 1 | 1 | 0 | 94 | 18 | |||
Paris Saint-Germain | 2016–17 | Ligue 1 | 9 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 4[izoh 1] | 0 | 0 | 0 | 14 | 2 |
2018–19 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | ||
2019–20 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | ||
2020–21 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |||
Jami | 12 | 1 | 1 | 0 | 1 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | 18 | 2 | ||
Las Palmas (ijara) | 2016–17 | La Liga | 16 | 3 | 0 | 0 | — | — | — | 16 | 3 | |||
Stoke City (ijara) | 2017–18 | Angliya Premyer-ligasi | 13 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 13 | 1 | ||
Real Betis (ijara) | 2018–19 | La Liga | 14 | 2 | 2 | 0 | — | 2[izoh 2] | 0 | 0 | 0 | 18 | 2 | |
Sporting CP (ijara) | 2019–20 | Primeira Liga | 12 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | 2[izoh 2] | 0 | 0 | 0 | 17 | 1 |
Las Palmas | 2020–21 | Segunda División | 16 | 2 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | 16 | 2 | ||
2021–22 | 41 | 11 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | 41 | 11 | ||||
Jami | 57 | 13 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | 57 | 13 | ||||
Ankaragücü | 2022–23 | Turkiya Superligasi | 14 | 2 | 2 | 3 | — | — | — | 16 | 5 | |||
Sampdoria | 2022–23 | Serie A | 11 | 1 | — | — | — | — | 11 | 1 | ||||
Umumiy faoliyat statistikasi | 289 | 68 | 19 | 7 | 3 | 1 | 21 | 1 | 1 | 0 | 339 | 77 |
- ↑ Copa del Rey, Coupe de France, FA Cup, Taça de Portugal va Turkiya Kubogi oʻz ichiga oladi.
- ↑ Coupe de la Ligue, EFL Cup va Taça da Liga turnirlarini oʻz ichiga oladi
- ↑ Oʻtish bosqichi pley-off oʻyinlaridagi oʻtkazgan oʻyin(lari)
- ↑ FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi oʻtkazgan oʻyin(lari)
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Real Madrid
- La Liga: 2011–12
- Qirol kubogi: 2013–14
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2013–14, 2015–16
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2014
Real Madrid Castilla
- Ikkinchi divizion B: 2011–12
Paris Saint-Germain
Ispaniya U19
- 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2012
Ispaniya U17
- 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2010 yilgi ikkinchi oʻrin
Individual
- 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2010[14]
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: Oltin butsa 2012
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2012
- Ikkinchi divizion: Zarra Trophy 2013[15]
- FIFA U-20 Jahon chempionati: Bronza butsa 2013
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2017-yil 1-sentyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Jesé Rodríguez“. PSG. 2016-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
- ↑ „Player Profile: Jese Rodriguez“. Soccer Betting News (2014-yil fevral). 2017-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.
- ↑ Wilde, Tom „Jesé – Not Your Average Footballer“. Inside Spanish Football (2014-yil 3-dekabr). 2017-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-yanvar.
- ↑ Martinez, Laura „Jese Rodriguez unveils reggaeton music band Big Flow“. Real Madrid News (2014-yil 18-mart). 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
- ↑ Zarate, Oscar „Jesé inicia su carrera musical en solitario como 'Jey M'“ (es). Mundo Deportivo (2014-yil 27-noyabr). 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
- ↑ Smith, Peter. „Stoke City disaster Jese's new song: 'I want to put my batmobile in your batcave'“. Stoke Sentinel (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „PSG sack Jese Rodriguez following sex scandal and breaking Covid rules by partying in Canary Islands“. Caught Offside (2020-yil 6-dekabr). 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ Garcia, Oscar. „Callejón brilla y Jesé debuta“ (es). AS (2011-yil 13-dekabr). 2017-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
- ↑ Polo, Pablo. „Jesé, un sueño cumplido (Jesé, fulfilled dream)“] (es). Marca (2011-yil 13-dekabr). 2013-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-dekabr.
- ↑ Jesé ESPN FC saytida
- ↑ „Jesé wins Ligue 1 for a minute“. AS (2020-yil 1-may). 2020-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
- ↑ Verschueren, Gianni „PSG Win 4th-Straight Coupe De La Ligue Title, Beat as Monaco 4-1 in Final“ (en). Bleacher Report. 2019-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
- ↑ „Technical report“ (PDF). UEFA.com. Qaraldi: 2012-yil 26-aprel.
- ↑ „La sub´19, campeona de Europa“ (Spanish) (2012-yil 15-iyul). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Jesé haqida turkum mavjud |
- Jesé BDFutbol saytida
- Jesé – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Spotify rasmiy profili
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found
- 26-fevralda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Las Palmasda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Real Madrid Castilla futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- UD Las Palmas futbolchilari
- Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
- Stoke City F.C. futbolchilari
- Real Betis futbolchilari
- Sporting CP futbolchilari
- MKE Ankaragücü futbolchilari
- UC Sampdoria futbolchilari
- Coritiba Foot Ball Club futbolchilari
- Johor Darul Ta'zim F.C. futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Segunda División futbolchilari
- Segunda División B oʻyinchilari
- Liga 1 futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Malayziya Superligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Pages with reference errors that trigger visual diffs