Kontent qismiga oʻtish

Kanar orollari

Koordinatalari: 28°0′0″N 15°45′0″W / 28.00000°N 15.75000°W / 28.00000; -15.75000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kanar orollari
Avtonom Jamoat
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
28°0′0″N 15°45′0″W / 28.00000°N 15.75000°W / 28.00000; -15.75000
Mamlakat Ispaniya
Maydon 7,493 km2 (2,893 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Ispancha
Aholisi
 (2016)
2,101,924
Zichligi 280 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+0, yozda UTC+1
Kanar orollari xaritada
Kanar orollari
Kanar orollari

Kanar orollariAtlantika okeanidagi orollar guruhi, Afrikaning shimoli-gʻarbiy sohilidan 100–120 km uzoqda. Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat. Maydoni 7,3 ming km2. Asosiy orollari: Gran-Kanariya, Tenerife. Fuerteventura, Lansarote. Maʼmuriy markazi — Las-Palmas. Relyefi togʻlik, eng baland joyi 3718 m (Tenerife o.dagi Teyde vulkani). Soʻngan va harakatdagi vulqonlar bor. Iqlimi tropik, passat iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 300– 500 mm. Yon bagʻirlari doim yashil butazorlar, baʼzan oʻrmonlar bilan qoplangan. Endemik oʻsimlik turi (ajdar daraxti, kanar xurmosi va qaragʻayi) koʻp. Banan, kartoshka, sitrus mevalar, tamaki, uzum yetishtiriladi, donli va dukkakli ekinlar ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Kanar orollari Atlantika okeanidagi muhim tranzit baza. Yirik shaharlari:Las Palmas va Santa Cruz de Tenerife. Teyde milliy parki tashkil etilgan. Dengizboʻyi iqlim kurortlari mavjud[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil