Kontent qismiga oʻtish

Jiah Khan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jiah Khan
Tavalludi
Nafisa Khan

20-fevral 1988-yil
Vafoti 3-iyun 2013-yil(2013-06-03)
(25 yoshda)
Mumbay, Maharashtra
Fuqaroligi AQSh va Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2007-2010

Nafisa Rizvi Khan (1988-yil 20-fevral — 2013-yil 3-iyun), Jiah Khan nomi bilan tanilgan, hind filmlarida suratga tushgan britanya-amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi edi. U 2007-yildan 2010-yilgacha uchta hind filmida suratga tushgan.[1]

Nyu-York shahrida hind oilasida tugʻilgan Jiah, Londonda oʻsgan va taʼlim olgan. Khan aktrisalik faoliyatini davom ettirishga intilgan va kino faoliyati uchun Mumbayga koʻchib oʻtgan. U 2007-yilda „Ram Gopal Verma“ kompaniyasining Nishabd filmida debyut qilgan va u „Eng yaxshi ayol debyuti“ uchun Filmfare mukofotiga nomzod boʻlgan. Keyinchalik u 2008-yilda Ghajini nomli Bollywoodning eng yuqori daromad keltirgan filmida zamonaviy, mustaqil ayolni yordamchi rolida oʻynagani uchun tanilgan. Ikki yil filmlarda qatnashmaganidan so‘ng u 2010-yilda Bollywoodning eng ko‘p daromad keltirgan beshinchi filmi bo‘lgan Housefull romantik komediyasidagi komik roli uchun maqtovga sazovor bo‘lgan.[2]

Khan 2010-yilda Nokia APP taqdimotida.

2004-yilda, 16 yoshida, KhanMukesh Bhattning Tumsa Nahin Dekha filmida rol ijro etishga imzo chekkan, biroq oʻzi ham, rejissor ham bu rolni u uchun murakkab deb bilishganida, bu roldan qaytgan; rol darhol Dia Mirza bilan almashtirilgan. Uch yil oʻtgach, 2007-yilda, 18 yoshida,[3] Khan Ram Gopal Vermaning munozarali romantik trilleri Nishabdda Jia rolida debyut qilgan[4] va u filmda Amitabh Bachchan bilan birga rol ijro etgan. Filmdagi mashhur tarkibga qaramay, u kassada muvaffaqiyat qozonmadi va tanqidchilardan turli xil baholarni oldi.[5] Shunga qaramay, Khan uning ijrosi uchun asosan ijobiy qabul qilingan, tanqidchilar uning ishonchi, munosabati va jozibadorligini taʼkidlaganlar. Raja Sen uning jozibali, erkin ruhli o‘smir Jia obrazini maqtab, uning ijrosini „nyuansli“ va „taʼsirli“ deb atagan.[6] Rajeev Masandning qoʻshimcha qilishicha, u film uchun „mukammal rol ijro etgan“.[7] U, shuningdek, Om Shanti Om filmi uchun Deepika Padukonega yutqazgan boʻlsada Filmfarening eng yaxshi ayol debyuti mukofoti uchun nomzod boʻlgan.[8]

Khan Shazahn Padamsee, Shailendra Singxh, Abhishek Kapur va Sofi Choudri bilan 2012-yilda DJ Magazine ochilishida.

Xabar qilinishicha, Khan 2013-yil 3-iyun kuni, Mumbayning Juxu shahridagi qarorgohida soat 23:00 dan 23:30 oraligʻida o‘zini osib o‘ldirgan.[9] Bu vaqtda onasi va singlisi uyda bo‘lmagan.[10]

Khan 2009-yilda Londonda.

Bycullaʼdaki JJ kasalxonasida tekshirish ishlari oʻtkazilgan.[11] Uning jasadi 2013-yil 5-iyun, chorshanba kuni ertalab soat 7:00 atrofida o‘z uyiga olib kelingan.[12] Shu kuni uning janoza namozi Sonapur Kabar Valla masjidida boʻlib oʻtgan va u islomiy marosimlar boʻyicha peshin namozidan keyin Juhu musulmon qabristoniga dafn qilingan. Bollywood aktyorlari: Aamir Khan, Kiran Rao, Riteish Deshmux, Siddhart Mallya, Sofi Choudri, Urvashi Dxolakiya, Prem Chopra, Ranjit, Dipak Parashar, Sanjay Khan va Nagma janozada ishtirok etishgan.[13] Bollywood yulduzlari uning oʻlimidan hayratda qolishgan.[14]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol Izohlar
2007 Nishabd Jiah Nomzod — Eng yaxshi ayol debyuti uchun Filmfare mukofoti

Shuningdek, „Take Lite“ qoʻshigʻini ijro etgan qoʻshiqchi sifatida
2008 Ghajini Sunita
2010 Housefull Devika K. Samtani
  1. Jiah Khan all praise for Aamir (Wayback Machine saytida 2011-02-03 sanasida arxivlangan) The Hindu — 26 November 2008
  2. „Jiah Khan now Nafisa Khan“. India Today (2012-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 3-iyun.
  3. „From Nishabd to Housefull: Who was Nafisa 'Jiah' Khan?“ (2013-yil 4-iyun). Qaraldi: 2017-yil 15-avgust.
  4. „India Today, Volume 31, Issues 13–25“. India Today. Thomson Living Media India Limited, s. 64.
  5. „Nishabd is a total loss“. Rediff. Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
  6. Sen. „Nishabd is a powerful film“. Rediff. Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
  7. Masand. „Masand's Verdict: Nishabd“. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  8. „Nishabd actress Jiah Khan commits suicide“. The Indian Express (2013-yil 4-iyun). Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
  9. Lee. „Bollywood star Jiah Khan dead of apparent suicide“. Los Angeles Times (2013-yil 4-iyun). Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  10. „Jiah Khan found dead in Mumbai; suicide suspected“. Hindustan Times (2013-yil 5-iyun). Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  11. „Jiah Khan was planning to quit movies, turn interior designer | NDTV Movies.com“. Movies.ndtv.com. 2013-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyun.
  12. „No messages found in Jiah's beau's phone“. The Times of India. 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyun.
  13. „Jiah Khan laid to rest amidst tears“ (fr). The Times of India. 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-iyun.
  14. „Bollywood star commits suicide“. Al Jazeera. Qaraldi: 2017-yil 15-avgust.