Kontent qismiga oʻtish

Ji Yue 01

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jidu ROBO-01dan yoʻnaltirildi)
Ji Yue 01
Asosiy maʼlumotlar
Boshqa nomlari Robo-01
Kuch moslamalari
Quvvati 544 ot. k.
Tezlanishi 3.9 s.
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3000
Uzunligi 4853
Kengligi 1990
Balandligi 1611
Yukxonahajmi 555 l.
1528 l. (3-qator yig'ilganda)
Eksteryer
Eshiklar soni 5

Ji Yue 01 (Robo-01) — Xitoyning „Google“ deya taʼriflanadigan[1] Baidu qidiriv tizimi hamda Geely avtomobil kompaniyalariga qarashli boʻlgan „Jidu Auto“ kompaniyasi[2] tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil[3][4][5].

Avtomobil Google korporatsiyasining mahalliy analogi boʻlmish Xitoyning IT giganti Baidu kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Baidu kompaniyasi tarixi qidiruv tizimi faoliyati bilan boshlangan, lekin asta-sekin oʻzining koʻplab boʻlinmalariga ega boʻla boshlagan va hozirda Xitoyning eng yirik 50 ta eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 2013-yilda, Baidu soyaboni ostida, keyinchalik Apollon deb nomlangan oʻzining uchuvchisiz avtomobili loyihasini taqdim etdi[4].

Jidu kompaniyasi logotipi

Dastlab, Baiduning avtomobil sanoatidagi asosiy hamkori BMW edi. Keyinchalik BYD kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan, ammo yakunda loyiha uchinchi hamkor Geely bilan amalga oshirilgan. Jidu Audoda Baiduning ulushi 55 % ni, Geelyning ulushi esa 45 % tashkil qiladi[3]. Jiduning ijrochi direktori etib Xia Yiping (Sya Ipin) tayinlanadi[1]. U avval Fiat-Chrysler kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi „aqlli avtomobillar“ boʻlimi rahbari boʻlib ishlagan[1]. Jidu avtomobillarining bosh dizayneri esa avval Cadillac kompaniyasining bosh dizayneri boʻlgan Frank Vu hisoblanadi. Avtomobil Geely xolding tomonidan taqdim etilgan SEA (Sustainable Experience Architecture) elektromobil platformasida ishlab chiqariladi[1]. Baidu 2021-yil mart oyida avtomobil biznesi uchun „Jidu Auto“ kompaniyasini tashkil etdi. Natijada, birinchi ishlab chiqarish modeli „Robo-01“ nomi bilan taqdim etildi[4][3].

Texnik koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu krossover oʻlchami Range Rover Velar yoki Changan Uni-K ga oʻxshashdir. Uning uzunligi — 4853 mm, kengligi — 1990 mm, balandligi — 1611 mm. Gʻildirak bazasi — 3000 mm. Eshikning tashqi tutqichlari umuman yoʻq boʻlib, barcha eshiklar ramkasiz dizaynga ega va tom qismi ustunlaridagi miniatyurali tugmalar bilan faollashtiriluvchi elektroprivod bilan jihozlangan. Beshinchi eshikda tortib olinadigan spoyler oʻrnatilgan. Natijada, Robo-01 krossover uchun Cd 0,249 ajoyib tortish koeffitsientiga ega[4][3][6].

Robo-01 toʻliq privodli boʻlib, umumiy quvvati 544 ot kuchi boʻlgan ikkita elektr motorli (har bir oʻqda bittadan) bilan jihozlangan. CATL firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 100 kVt quvvatga ega boʻlgan akkumulyator avtomobilni 600 km masofagacha yurishini taʼminlaydi. Avtomobil 100 km/s tezlikka 3,9 soniyada chiqadi. Kelajakda ishlab chiqariladigan boshqa modifikatsiyalarning barchasi barchasi elektrmobillar boʻladi. Gibrid modellar ishlab chiqarilmaydi[4][3].

robo-01
Interyeri
robo-01
Interyeri

Seriyali avtomobilning ichki qismida rul oʻrniga shturval oʻrnatilgan boʻlib, uning yuqori yuzasida burilish signallarini yoqish uchun tugmalar mavjud. Old panelda esa diagonali 35,6 dyuymli keng ekran mavjud. Media tizimini boshqarish uchun eng soʻnggi Qualcomm 8295 mikrochipi (bu toʻrtinchi avlod) oʻrnatilgan. Panelda analog tugmalar qolmagan, hattoki uzatishlar qutisini boshqaruvi ham ekranga joylashtirilgan[4][3].

Robo-01 besh oʻrindiqli salonga ega va yukxona hajmi 555 litrni tashkil qiladi. Orqa qatordagi oʻrindiqlar pastga buklangan holda hosil boʻlgan boʻlinma yordamida yukxona hajmini 1528 litrgacha oshirish mumkin. Ikkinchi qatorda — iqlim nazorati va media tizimini boshqarish uchun etti dyuymli sensorli ekran mavjud. Surilmaydigan panoramali tom ham mavjud[4][3].

Bozorga birinchi boʻlib Robo-01 Lunar Edition versiyasi chiqadi, uning tiraji dastlab 1000 nusxa boʻlgan, ammo taqdimot kuni uning soni 2000 ta mashinaga koʻtarilgan. Narxi 55 ming dollar boʻlishi kutilmoqda. Avtomobillar 2023-yilning birinchi yarmida ilk xaridorlarga topshiriladi, keyin esa „oddiy“ versiyalar sotuvi boshlanadi. Jidu Auto 2023-yilda Xitoyning 46 ta shahrida 100 ta dilerlik markazlarini ochishni rejalashtirmoqda[4].

  • Baidu