Jim Rohn
Jim Rohn | |
---|---|
Emanuel Jeyms Ron | |
Tavalludi |
Emanuel Jeyms Rohn 1930-yil, 17-sentyabr Yakima, Vashington,AQSH |
Vafoti |
2009-yil, 5-dekabr West Hills, Kaliforniya,AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Tadbirkor,muallif va motivator |
Emanuel Jeyms Ron (1930-yil 17-sentyabr– 2009-yil 5-dekabr), professional sifatida Jim Rohn nomi bilan tanilgan, amerikalik tadbirkor, muallif va motivator edi.Uning hayotiy filosofiyasi "Agar siz ko'p odamlarga xohlagan narsasini olishga yordam bersangiz, siz xohlagan hamma narsaga ega bo'lishingiz mumkin."
Hayotning boshlang'ich davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emanuel Jeyms "Jim" Rohn Vashingtonning Yakima shahrida Emmanuel va Klara Ron oilasida tug'ilgan. Ronlar Aydaxo shtatining Kolduell shahrida fermaga egalik qilishgan va u yerda Jim yolg'iz farzand sifatida o'sgan. U kambag'al oilada tug'ilgan, 30 yoshida millionerga aylangan va 33 yoshida tanazzulga uchragan. Keyinchalik u yana millionerlik shohipasiga ko'tarilgan[1].Jeyms ron bir yildan keyin kollejni tark etadi[2].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U o'z professional hayotini Sears kompaniyasida inson resurslari menejeri lavozimida ishlashdan boshladi. Taxminan shu lavozimda ishlab yurgan paytlarida bir do'sti Ronni tadbirkor Jon Erl Shoaffning ma'ruzasiga taklif qiladi. 1955-yilda Ron Shoaffning to'g'ridan-to'g'ri sotuvchi AbundaVita biznesiga distribyutor sifatida qo'shildi.
1957-yilda Ron AbundaVita kompaniyasidagi distribyutorlik lavozimini tark etdi va boshqa to'g'ridan-to'g'ri sotuvchi Nutri-Bio kompaniyasiga qo'shildi. Kompaniya asoschilari, jumladan, Shoaff ham unga ustozlik qila boshladilar[3]. Ushbu murabbiylikdan so'ng Rohn kompaniyadagi eng yirik tashkilotlardan birini qurdi va rahbarlikni o'z qo'liga oldi.1960- yilda, Nutri-Bio Kanadada kengaytirilganda, Shoaff va boshqa asoschilar Ronni tashkilotga mas'ul etib qo'yishni maqul ko'rishdi.
1960-yillarning boshida Nutri-Bio biznesdan chiqib ketganidan so'ng, Ron o'zining Rotary klubida nutq so'zlash uchun taklif qilindi. U buni qabul qildi va ko'p o'tmay, boshqalar undan turli tushliklarda va boshqa tadbirlarda gapirishni so'rashdi. 1963 yilda Beverli Hills mehmonxonasida u o'zining birinchi ommaviy seminarini o'tkazdi. Keyin u butun mamlakat bo'ylab seminarlar o'tkaza boshladi, u seminarlarda o'z hikoyasini aytib berardi va shaxsiy rivojlanish falsafasini o'rgatardi.
1970-yillar davomida Ron Standard Oil kompaniyasi uchun seminarlar o'tkazdi. Shu bilan birga, u jonli seminarlar va shaxsiy rivojlanish bo'yicha seminarlarni o'z ichiga olgan "Muvaffaqiyat sarguzashtlari" deb nomlangan shaxsiy rivojlanish biznesida ishtirok etdi. U 40 yildan ortiq vaqt davomida butun dunyo bo'ylab seminarlar taqdim etgan.
Ron 1970-yillarning oxirida Mark R. Xyuz ( Herbalife International asoschisi) va hayot strategi Toni Robbinsga ustozlik qilgan. Ronni o'z karyeralariga ta'sir ko'rsatgani uchun hurmat qiladigan boshqa mualliflar/ma'ruzachilar Mark Viktor Xansen va Jek Kanfild ( Tovuq sho'rvasi kitoblari seriyasi), Everton Edvards (Hallmark Innovators Conglomerate), Brayan Treysi, Todd Smit va T. Harv Eker [4][5].Ron Kris Videner bilan birgalikda "O'n ikki ustun" romanini yozgan.
Ron 1985-yilda notiqlik mahorati uchun Milliy notiqlar assotsiatsiyasining CPAE mukofotiga sazovor bo'lgan. U 17 ta yozma, audio va video ommaviy axborot vositalarining [6] muallifi, jumladan , “Ambition kuchi”, “Hayotingga mas’ul bo'l ” va “Hayotingni aylantiradigan kun” . Uning ko'pgina nutqlari YouTube va Instagram kabi ijtimoiy media platformalarida bepul mavjud.
O'limi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jim Ron 2009-yil 5-dekabrda, 79 yoshida o‘pka fibrozidan vafot etdi. U Kaliforniyaning Glendeyl shahridagi Forest Lawn Memorial Parkiga dafn etilgan.U vafot etgan paytida uning umumiy daromadi $500 million dollar edi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Boylik va baxt uchun 7 ta strategiya: Amerikaning eng yirik biznes faylasufidan kuchli g'oyalar ( 1996)
- Muvaffaqiyatli yashash uchun mening falsafam (2011)
- Ambitsiyaning kuchi (2022)
- Hayot fasllari (2003)
- Muvaffaqiyatning 12 ta ustuni (2005)
- Aql vitaminlari (2018)
- Muaffaqiyatning 5 kaliti (2018)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Motivatsion ma'ruzachi
- Shaxsiy rivojlanish
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Singh, Shivpreet (2016). Jim Rohn: from Rags to Riches, Retrieved 31 August 2016.
- ↑ „60 Greatest Quotes by Jim Rohn That Will Inspire Your Heart and Soul“ (en-US). Investivate (2017-yil 13-may). Qaraldi: 2017-yil 31-may.
- ↑ „Jim Rohn: The Passing of a Personal-Development Legend“ (en). SUCCESS (2010-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.
- ↑ Smith, Todd (2011). "Becoming a Disciplined Person," Little Things Matter. Retrieved 31 August 2016. (Wayback Machine saytida 2024-05-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ Tracy, Brian (2014) "A Tribute to A Legacy: Jim Rohn," Brian Tracy International. Retrieved 31 August 2016.
- ↑ „Motivation Force: Jim Rohn Biography“. www.motivationforce.com. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.