Joan Shakespeare
Joan Shekespeare (1569-yil 15-aprelda cho'qintirilgan - 1646-yil 4-noyabrda dafn etilgan) Uilyam Shekspirning singlisi edi. U oilaning yagona a'zosi bo'lib, uning avlodlari hozirgi kungacha davom etmoqda.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joan Shakespearning singlisi edi. U William Hart ismli shlyapa tikuvchiga turmushga chiqib, to'rt nafar farzadn ko'rgan: William ( 1600–1639 ), Mary (1603–1606), Thomas (1605–1661) va Michael (1608–1618).
Joanning turmush o'rtog'i William haqida u 1600 va 1601-yillarda qarzdorlik uchun sudga tortilganidan tashqari biror aytarli ma'lumot mavjud emas. U 1616-yil aprelda vafot etgan va William Shakespeare vafotidan bir hafta oldin, 17-aprelda dafn etilgan. Yozuvchi vasiyatnomasida unga 20 funt sterling, kiyim-kechak va Stratfordning Henli ko'chasidagi ikki kishilik uyning g'arbiy qismida bir shilling nominal yillik ijara haqi evaziga yashash huquqini meros qilib qoldirdi. U umrining oxirigacha shu yerda yashashni davom ettirdi va 77 yoshida vafot etdi.
Uning o'g'li William hech qachon turmush qurmagan. Joan Shakespearening avlodi Thomas orqali davom etib, 1806-yilgacha Stratfordda yashagan. Thomas Shakespeare tug'ilgan joy sifatida taniilgan Xenli ko'chasidagi uyni meros qilib oldi[1]. Uning koʻp avlodlari boʻlgan. 18-asrga kelib, Joanning avlodlari o'zlarini shoirning nasl-nasabini olib yurishgan deb bilishgan. Jon Hartning (1755–1800) Glostershir shtatidagi Tewskesbury Abbey Cherkov hovlisidagi qabr toshida "shoir Shekspirning 6-avlodi" yorlig'i yozilgan. .
Adabiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Virginia Woolf o'zining "A Room of One's Own" inshosida Shakespearening singlisi bo'lishi kerak bo'lgan "Judith Shakespeare" personajini yaratdi. Aslida Judith uning qizi edi. Bu xatomi yoki ikki ayol obrazini ataylab aralashtirib yuborishmi, bunisi noma'lum. Woolfning hikoyasida Shakespearening singlisi yozuvchi sifatida iste'dodiga ega ekanligiga qaramay, unga akasidek ta'lim olishga imkoniyat berilmaydi..Otasi uni turmushga bermoqchi bo'lganida, u teatr truppasiga qo'shilish uchun qochib ketadi, lekin oxir-oqibat jinsi sababli uni ishga qabul qilishmaydi. U homilador bo'ladi va jufti uni tashlab ketgach, o'z joniga qasd qiladi.
Laurie Lawlorning "Two Loves of Will Shakespeare" (2006) romanida Joanning o'smirlik davrlari aks ettirilgan, Romanda u ayol sifatida o'ziga qo'yilgan cheklovlardan norozi shoira sifatida tasvirlanadi. U sonetlar yozadi, hatto ulardan biri akasi tomonidan o'zlashtiriladi. U Richard Fieldni sevib qoladi, lekin yigit Ann Whateley ismli qizning ortidan ketadi. Vern Thissenning Ann Hattaway haqidagi Shakespeare's Will nomli spekulyativ biografik pyesasida Joan Annaning hayotiga doimiy ravishda aralashib yuradigan yoqimsiz ayol sifatida tasvirlangan[2].
Bibliografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- A Shakespeare Encyclopaedia. Methuen, 1966. ISBN 978-0416951806. OCLC 263538090.
- Chambers, E.K.. William Shakespeare: A Study of Facts and Problems. Oxford: Clarendon Press, 1930. OCLC 353406.
- Ezell, Margaret J. M.. Writing Women's Literary History. Baltimore and London: Johns Hopkins University Press, 1993. ISBN 978-0801844324.
- Lawlor, Laurie. The Two Loves of Will Shakespeare: A Novel. Holiday House, 2006. ISBN 978-0823419012.
- Nestruck, J. Kelly. „Shakespeare's Will: In bed with the Shakespeares“. The Globe and Mail (2011-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 17-iyun.
- Schoenbaum, S.. William Shakespeare: A Compact Documentary Life. Oxford: Clarendon Press, 1977. ISBN 0195051610.
- Wood, Michael „His Mother Mary Shakespeare“, . The Shakespeare Circle: An Alternative Biography. Cambridge: Cambridge University Press, 2015 — 13–25-bet. DOI:10.1017/CBO9781107286580.004. ISBN 978-1107286580.