Berdiyar Jollibekov
Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich | |
---|---|
Tavalludi |
11-fevral 1976-yil Qoraqalpogʻiston Nukus |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Tuproqshunoslik biotexnologiya farmokognoziya |
Sohasi | Tuproqshunoslik, biotexnologiya |
Taʼlimi | Tokiyo qishliq xoʻjaligi va texnologiya universiteti |
Ilmiy darajasi | Fan doktori, DSc |
Ilmiy unvoni | professor |
Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich (1976-yil 11-fevral) – Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri, Tuproqshunoslik biotexnologiya farmokognoziya fan doktori, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Berdiyar Jollibekov 1976-yil 11-fevralda Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining Tuproqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. 2008-yilda esa Tokio qishliq xoʻjaligi va texnologiya universiteti tuproqshunoslik, biotexnologiya, farmakognoziya mutaxasissligi boʻyicha tamomlagan. 2017—2020-yillarda Tokio qishliq xoʻjaligi va texnologiya universitetida doktoranturani tugatgan. Mehnat faoliyatini 1993—1994-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat qoʻmitasida boshlagan, 1999-2002-yillarda Markaziy Osiyo begʻaraz yordam Qoraqalpogʻiston boʻlimi agronomi, 2003—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi bioekologiya instituti tuproqshunoslik laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 2009—2010-yillarda Normativ tadqiqot markazi Qoraqalpogʻiston boʻlimi kichik ilmiy xodimi, 2011—2012-yillarda Nukus tumani ijtimoiy masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassis, 2012—2014-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida ilmiy loyihalarda ilmiy xodim, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida 2014—017-yillarda Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi dotsenti, 2020-yilda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi, 2020—2022-yillarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga transformatsiya qilinganidan keyin 2022—2023-yillarda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, 2023-yildan esa Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda[1][2]. Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori sifatida dunyoning bir qator davlatlaridagi etakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan[3][4].
Ilimiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Berdiyar Jollibekov yetakchi olim sifatida Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston va xalqaro darajadagi ilmiy kengashlarda va loyihalarda, konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda[5][6][7][8][9][10][11][12][13][14][15][16][17][18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Gazeta.uz:2023-yil 29-sentabr“.
- ↑ 2,0 2,1 „Uzreport Axborot agentligi:2023-yil 29-sentabr“.
- ↑ „Học viện Nông nghiệp Việt Nam ký kết hợp tác với Trường Đại học Nông nghiệp Tashkent, Uzbekistan:2024-yil 13-mart“.
- ↑ „“TASHKENT INSTITUTE OF IRRIGATION AND AGRICULTURAL MECHANIZATION ENGINEERS” NATIONAL RESEARCH UNIVERSITY:2023-yil 8-dekabr“.
- ↑ „INTERNATIONAL SYMPOSIUM ON CLIMATE-RESILIENT AGRI-ENVIRONMENTAL SYSTEMS:ISCRAES-2020“.
- ↑ „Germination and Morphological Features of Bluestems joint Fir (Ephedra equisetina) Seeds under different Led Light Conditions:2019-yil 14-fevral“.
- ↑ „The New Uranium Mining Boom“.
- ↑ „Seasonal Changes in Water Quality of Rivers and Ground Water in Karakalpakstan, Uzbekistan:2012-yil“.
- ↑ „Innovative Development Agency:2022-yil 27-aprel“.
- ↑ „Disney Worldwide Conservation Fund Names 2014-Conservation Heroes:2014-yil 5-noyabr“.
- ↑ „GROW BIOINTENSIVE INTERNATIONAL NETWORK“.
- ↑ „CINII“.
- ↑ „National Library of Medicine“.
- ↑ „Change in the water quality of the Aral Sea in Uzbekistan, Central Asia“.
- ↑ „ИСТИНА“.
- ↑ „Aminer“.
- ↑ „O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ресурсный центр сайгака“.