Kontent qismiga oʻtish

Jomeʼ masjidi (Champaner)

Koordinatalari: 22°29′09″N 73°32′14″E / 22.4859°N 73.5371°E / 22.4859; 73.5371
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Jomeʼ masjidi (Champaner)
Masjidning umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Gujarat
Koordinatalar 22°29′09″N 73°32′14″E / 22.4859°N 73.5371°E / 22.4859; 73.5371
Asoschi Mahmud Begada
Asosiy sana:
16-asr
Maqomi Jomeʼ masjidi
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Qurilish materiali Moloz toshli tosh

Jomeʼ masjidi (Jama masjidi nomi bilan ham tanilgan, „jamoat masjidi“ degan maʼnoni anglatadi) Hindistonning gʻarbiy qismida Gujarat shtatidagi Champaner shahrida joylashgan boʻlib, UNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Champaner-Pavagad arxeologik bogʻining bir qismi boʻlib, u yerdagi 114 ta yodgorlik qatoriga kiradi. U Baroda Heritage Trust tomonidan roʻyxatga olingan[1]. Masjid shahar devorlaridan (Jahdnpandh), taxminan 150 fut (46 m) sharqda, sharqiy darvoza yaqinida joylashgan.

Masjid qurilishi 1513-yilda boshlangan, qurilish 25 yil davomida amalga oshirilgan[2]. Inshoot Sulton Mahmud Begada tomonidan qurilgan eng koʻzga koʻringan yodgorliklardan biridir. Boburiylar arxitekturasi Sultonliklar arxitekturasidan olinganligi aytiladi, bu jayn diniy maʼnolari va musulmon an’analarining aralashmasidir. Katta gumbazlar bunday aralashma holatini yaqqol koʻrsatadi[3][4][5][6]. Qayta taʼmirlash ishlari 1890-yillarda amalga oshirildi[7].

Arxitekturasi va armatura

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jo’e masjidining markaziy gumbazi.
Jomeʼ masjidining ichki ustunlari.

Jomeʼ masjidi Jain[8] va musulmon arxitekturasining aralashmasiga ega, u oʻzida islomiy an’analarni saqlaydi va nafis interyeri sababli Gʻarbiy Hindistondagi eng yaxshi masjidlardan biri hisoblanadi[5]. Masjid va qabr yuzalarining bezaklari quyosh naqshlari, olmos bezaklar va uzum shaklidagi naqshlar, oldingi ibodatxonalarda qoʻllangan lotus belgilaridan iborat. Bu yodgorliklar ustida ishlagan mintaqa rassomlari oʻzlarining hunarmandchiligini ota-bobolaridan oʻzlashtirganlar va ular hindular, musulmonlar yoki jaynlar tomonidan berilgan topshiriqlar asnosida ishlaganliklari uchun mazhabga oid tarzda harakat qilmaganlar. Bu masjidda uchta choʻzinchoq lavha bor, biri minbar tepasida, ikkinchi va uchinchisi yon tomonida. Ularda Qur’ondan olingan suralar oʻyib yozilgan.

Bino ikki qavatli boʻlib[9], islomiy va hinduiy uslublarda bezatilgan[2]. Qurilish Ahmadoboddagi Sidi Sayyid masjidinikiga oʻxshaydi. Inshoot toʻrtburchak shaklda, kirish eshigi esa sharqiy tarafda joylashgan. Podium ustiga qurilgan katta gumbazli portiko bor. Masjidda shimoliy va janubiy tomondan chiqishga moʻljallangan zinapoyalar mavjud. Baland sakkiz burchakli minoralar 30 metr (98 ft) balandlikka ega boʻlib[2][10], kirish qismining ikki tomonida joylashgan[11]. Gujarat meʼmorchiligining odatiy uslubi tashqi yuzasida oʻziga xos oʻymakorlik naqshlari oriel derazalari koʻrinishida namoyish etiladi[10]. Oʻyilgan naqshlar peshtoqda bir nechta gumbazlar[11] mavjud, majmuaning hovlisi katta[2]. Hududda yettita mehrob boʻlib, kirish eshiklari oʻyilgan va nozik tosh bezaklari bilan bezaklangan.

Bir nechta namoz zallari deyarli 200 ta ustun bilan ajratilgan[11]. Asosiy namozxona oʻn bitta gumbazga ega boʻlib, markaziy gumbazi ikki qavat, ustunlar yuqorisi ark shaklida qurilgan. Hukmdorning ibodatxonasi asosiy maydondan jaalilar yordamida ajratilgan[2][6][12]. Gumbazlardan birida qoʻsh xona bor. Ichki maydonning boshqa bir qator xususiyatlari boʻlib, shimoliy qismida mehrob joylashtirilgan[13].

Qabrlar masjidga yonma-yon tarzda qurilgan, Ularning barchasi kvadrat shaklda boʻlib, ustunlar va gumbazlar oʻrnatilgan, shuningdek, turli naqshlar bilan bezatilgan[4]. Bino yaqinida sakkiz qirrali kund koʻrinishidagi tahorat idishi[9] yomgʻir suvini yigʻish va namozdan oldin yuvinish uchun foydalanilgan. Bogʻning bir burchagiga dafn etilgan pir qabri asosiy ziyorat joyi hisoblanadi[14].

  1. Bombay (India: State). Gazetteer of the Bombay Presidency: Kaira and Panch Maháls, Public domain, Government Central Press, 1879 — 308–-bet. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Sarina Singh. India. LP, 1 September 2009 — 742–-bet. ISBN 978-1-74179-151-8. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr. 
  3. „United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) Fact Sheet“. United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization. Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Advisory Body Evaluation, Champaner-Pavagadh (India) No 1101“ 26–29. United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization. Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 Ruggles, D. Fairchild. Intangible Heritage Embodied. Springer, 2009 — 91–93, 96–97-bet. ISBN 9781441900715. Qaraldi: 2012-yil 23-sentyabr. 
  6. 6,0 6,1 Bombay 1879.
  7. Bombay India General Dept. Archaeology, Progress Report. Bombay: Archaeological Survey of India. Western Circle, 1897 — 8-bet. Qaraldi: 2012-yil 1-oktyabr. 
  8. Travel, D. K.. DK Eyewitness Travel Guide India (en). Dorling Kindersley Limited, 2017-09-07. ISBN 978-0-241-32624-4. 
  9. 9,0 9,1 Desai, Anjali H.. India Guide Gujarat. India Guide Publications, 2007 — 178–-bet. ISBN 978-0-9789517-0-2. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr. 
  10. 10,0 10,1 „Champaner: Central mehrab in the Jama mosque“. Onlinegallery, British Library, UK. 2023-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  11. 11,0 11,1 11,2 The Rough Guide to India. Penguin, 20 January 2011 — 1225–-bet. ISBN 978-1-4053-8849-8. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr. 
  12. „Champaner-Pavagadh“. Worldheritagesite.org. 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-sentyabr.
  13. Burton-Page, John. Indian Islamic Architecture: Forms and Typologies, Sites and Monuments. BRILL, 2008 — 111–-bet. ISBN 978-90-04-16339-3. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr. 
  14. Patel, Geeta. Lyrical Movements, Historical Hauntings: On Gender, Colonialism, and Desire in Miraji's Urdu Poetry. Stanford University Press, 31 January 2002 — 38–-bet. ISBN 978-0-8047-3329-8. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr. 
  15. Travel, D. K.. DK Eyewitness Travel Guide India (en). Dorling Kindersley Limited, 2017-09-07. ISBN 978-0-241-32624-4. 
  16. „Dilwara Temples“, Wikipedia (inglizcha), 2020-09-01, qaraldi: 2020-09-12