Jonathan Guerreiro
Jonathan Guerreiro | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Jonathan Guerreiro |
Davlat | Rossiya |
Oldin vakil boʻlgan | Avstraliya |
Yashash joyi | Moskva |
Boʻyi | 187 |
Sherigi | Tiffany Zahorski |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 188,03 |
Qisqa dastur | 75,49 |
Erkin dastur | 112,93 |
Jonathan Fransiskovich Guerreiro (talaffuzi: Jonatan Gerreyro; 1991-yil 3-aprel, Sidney, Avstraliya) — Avstraliya va Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. 2014-yildan beri Tiffany Zahorski bilan juftlikda raqsga tushadi, u bilan birgalikda Rossiya kubogining ikki karra gʻolibi (2016, 2017), Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2018, 2020) boʻlgan. Yekaterina Ryazanova bilan juftlikda 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan. Yekaterina Pushkash bilan 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sohibi boʻlgan.
2021-yil 7-noyabr holatiga koʻra, Tiffany bilan Jonathan juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[1] reytingida 20-oʻrinni egallagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliya vakili sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jonathan Guerreiro 7 yoshida figurali uchishni mashq qila boshlagan va unga Lyapina murabbiylik qilgan. Avstraliyada uning sport juftliklari Kaya Pilts va Rachel Reading boʻlgan. Jonathan Pilts bilan birga 2003-yilgi Avstraliya chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan.
Guerreiro 2004-yilda avstraliyalik sherigi Rachel Reading bilan Moskvaga murabbiylar Yelena Kustarova va Svetlana Alekseyeva guruhida mashgu`lotlar oʻtash uchun Rossiyaga kelgan. Jonathan figurali uchish bilan jiddiy shugʻullanish uchun oilasining maslahati bilan Rossiyaga koʻchib oʻtishga qaror qilgan[2].
Rossiya vakili sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guerreironing Rossiyadagi birinchi sherigi Darya Panfilova edi. 2006-yilning yozida murabbiylar Yekaterina Ryazanova bilan juftlikda konkida uchishni taklif qilishdi.
2007—2008-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan juftlik finalga yoʻllanma oldi va u yerda sakkizinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ular uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi oʻzining ilk jahon chempionatida juftlik oltinchi oʻrinni egalladi.
Olimpiya mavsumi oxirida juftlik tarqaldi va Jonathan fransuz figurali uchuvchisi Tiffany Zahorski bilan sport juftligini hosil qildi. U Tiffany bilan 2015-yilgi Rossiya chempionatida debyut qilib, beshinchi oʻrinni egalladi[3].
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]T. Zahorski bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqalar/mavsum | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 13 | ||||||
Jahon chempionatlari | 8 | 10 | |||||
Yevropa chempionati | 6 | 6 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup | 5 | 2 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Xitoy-Audi kubogi | 4 | ||||||
Gran-pri bosqichlari: Skate America | 6 | 3 | 5 | ||||
Gran-pri bosqichlari: Trophee de France | 6 | 3 | 5 | ||||
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy | 2 | ||||||
Gran-pri finali | 5 | ||||||
O. Nepely xotirasi | 3 | ||||||
Finlandia Trophy | 3 | ||||||
Warsaw Cup | 2 | 1 | |||||
Zlatna pirueta Zagreba | 6 | ||||||
Budapesht turniri | 1 | ||||||
Milliy | |||||||
Rossiya chempionati | 5 | 5 | 5 | 3 | 7 | 3 | 2 |
Rossiya kubogi finali | 1 | 1 | |||||
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich | 1 | ||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich | 1 | ||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich | 1 | 1 |
Y. Pushkash bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | 09/10 | 10/11 | 11/12 | 12/13 | 13/14 | |
---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | ||||||
Gran-pri bosqichlari: Trophee Bompard | 7 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup | 7 | |||||
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada | 6 | |||||
Bavarian Open | 2 | 5 | ||||
Crystal Skate | 2 | |||||
O. Nepely xotirasi | 2 | 9 | ||||
Torun Cup | 1 | |||||
Milliy | ||||||
Rossiya chempionati | 4 | 6 | 8 | |||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 3 | 2 | ||||
Xalqaro (oʻsmirlar) | ||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 6 | 2 | ||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 5 | 4 | ||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Yaponiya | 2 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Turkiya | 2 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya | 1 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya | 1 |
Y. Ryazanova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | 06/07 | 07/08 | 08/09 |
---|---|---|---|
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 6 | 3 | |
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 5 | 3 | 1 |
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 8 | 3 | |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ispaniya | 1 | ||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Italiya | 2 | ||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya | 2 | ||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ruminiya | 9 | 2 | |
Turnirlar „NRW Trophy“, Dortmund | 1 |
Avstraliya uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa | 02/03 |
---|---|
Avstraliya chempionati | 3 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ISU World Standings 2021/2022“ (inglizcha). www.isuresults.com. 8-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
- ↑ Jurnal „Moskovskiy Figurist“ 4/2008[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Елена Ильиных и Руслан Жиганшин — чемпионы России по фигурному катанию в танцах на льду.“. 28-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2014-yil.