Jonathan Klinsmann
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jonathan Lee Klinsmann[1] | ||
Tavallud sanasi | 8-aprel 1997-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Munich, Germaniya | ||
Boʻyi | 6 fut 4 inches (1.92 m)[2] | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | LA Galaxy | ||
Raqami | 33 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005–2007 | FC Blades 96 | ||
2008 | Irvine Lasers | ||
2008–2009 | Bayern Munich | ||
2010–2011 | Pateadores FC Irvine | ||
2012–2014 | Strikers FC | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017–2019 | Hertha BSC II | 24 | (0) |
2017–2019 | Hertha BSC | 0 | (0) |
2019–2020 | St. Gallen | 0 | (0) |
2020– | LA Galaxy | 7 | (0) |
2021– | LA Galaxy II | 3 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2014–2015 | AQSh U18 | 9 | (0) |
2015–2017 | AQSh U20 | 21 | (0) |
2019 | AQSh U23 | 2 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 8-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 4-iyun uchun) |
Jonathan Klinsmann (talaffuzi: Jonatan Klinsmann) 1997-yil 8-aprelda Germaniyaning Myunxen shahrida (Bavariya) tavallud topgan. Amerikalik futbolchi „Los Angeles Galaxy“ klubi va 23 yoshgacha boʻlgan AQSh terma jamoasi darvozaboni.
Jonathan Klinsmann mashhur nemis futbolchisi va murabbiyi Yurgen Klinsmanning oʻgʻli.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-2016-yillarda Jonathan Klinsmann Berklidagi Kaliforniya universitetida tahsil olgan va universitet futbol jamoasida o‘ynagan[3].
2017-yilning yozida Jonathan Klinsmann „Gerta Berlin“ bilan shartnoma imzoladi[4]. 2017-yilning 7-dekabr kuni Yevropa ligasi doirasida Shvetsiyaning „Östersund“ jamoasiga qarshi o‘yinda Jonathan Klinsmann asosiy jamoada debyut qildi[5]. 2018/19-yilgi mavsum tugaganidan soʻng „Gerta“ Jonathan Klinsmanning shartnomasini uzaytirmadi[6].
2019-yil 18-iyun kuni Jonathan Klinsmann Shveysariyaning „Sent-Gallen“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[7]. U 17-avgust kuni Shveysariya kubogi doirasida Montrö bilan oʻyinda „Sent-Gallen“ safida debyut qildi[8].
2020-yil 20-avgustda Jonathan Klinsmann „Los Angeles Galaxy“ga koʻchib oʻtdi[9]. U MLSdagi debyutini 14-oktabr kuni „San Jose Earthquakes“ga qarshi o‘tkazdi, bu o‘yinda u 7 ta seyv amalga oshirdi va darvozaga 19 ta zarbadan to‘rtta gol o‘tkazib yubordi[10].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Jonathan Klinsmann AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan KONKAKAF yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Panama, Gaiti, Meksika, Salvador va Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13][14]. Musobaqa natijalariga koʻra, Jonathan Klinsmann turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi[15]. Oʻsha yili Jonathan Klinsmann Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Ekvador, Senegal, Saudiya Arabistoni, Yangi Zelandiya va Venesuela jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18][19][20].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Hertha de Berlín II Olmoniya | 2017-18 | 10 | 0 | — | — | 10 | 0 | ||
2018-19 | 14 | 0 | — | — | 14 | 0 | |||
Jami | 24 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 0 | |
Hertha de Berlín Olmoniya | 2017-18 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 |
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | |
F. C. St. Gallen Shveysariya | 2019-20 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |
Jami | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Los Angeles Galaxy AQSh | 2020 | 4 | 0 | ― | ― | 4 | 0 | ||
2021 | 3 | 0 | ― | ― | 3 | 0 | |||
Jami | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | |
Los Angeles Galaxy II AQSh | 2021 | 3 | 0 | ― | ― | 3 | 0 | ||
Jami | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | |
Umumiy karyerasida | 34 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 37 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „FIFA U-20 World Cup Korea Republic 2017 – List of Players: USA“. FIFA (2017-yil 11-iyun). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
- ↑ „Jonathan Klinsmann“. LA Galaxy. 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
- ↑ „Jonathan Klinsmann - Men's Soccer“ (en). University of California Golden Bears Athletics. 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Сын Клинсманна стал игроком «Герты»“. sports.ru (2017-yil 11-iyul). 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.
- ↑ „Герта Берлин VS. Эстерсунд 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 7-dekabr). 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Kade und Klinsmann verlassen Hertha BSC“ (de). HerthaBSC.de (18-dekabr). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Jonathan Klinsmann zum FCSG“ (de). FC St.Gallen 1879 (2019-yil 18-iyun). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ „FC St.Gallen 1879 - 2019-08-17 Monthey (a) Cup01“ (de). FC St.Gallen 1879 (2019-yil 18-avgust). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ „LA Galaxy sign goalkeeper Jonathan Klinsmann“ (en). LA Galaxy (2020-yil 20-avgust). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ Kevin Baxter. „Galaxy continue to get nothing done in loss to Earthquakes“ (en). Los Angeles Times (2020-yil 14-oktyabr). 2020-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ „США (до 20) VS. Панама (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-fevral). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „США (до 20) VS. Гаити (до 20) 4:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 21-fevral). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „США (до 20) VS. Мексика (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 27-fevral). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „США (до 20) VS. Гондурас (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-mart). 2017-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „TSG announces CU20 Best XI, Awards“ (en). CONCACAF (2017-yil 6-mart). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. США (до 20) 3:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-may). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Сенегал (до 20) VS. США (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 25-may). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
- ↑ „США (до 20) VS. Саудовская Аравия (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-may). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
- ↑ „США (до 20) VS. Новая Зеландия (до 20) 6:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 1-iyun). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Венесуэла (до 20) VS. США (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 4-iyun). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.