Joseph Bambrick
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Joseph Gardiner Absolom Bambrick | ||
Tavallud sanasi | 3-noyabr 1905-yil | ||
Tavallud joyi | Belfast, Irlandiya | ||
Vafot sanasi |
13-oktyabr 1983-yil (77 yoshda) | ||
Vafot joyi | Belfast, Shimoliy Irlandiya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1926—1927 | Glentoran | 22 | (28) |
1927—1935 | Linfield | 183 | (286) |
1935—1938 | Chelsea | 59 | (34) |
1938—1939 | Walsall | 35 | (15) |
Milliy terma jamoa | |||
1928—1938 | Irlandiya (IFA) | 11 | (12) |
1927—1932 | Irlandiya Liga XI | 12 | (9) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Joseph Gardiner Absolom Bambrick (talaffuzi: Jozef Gardiner Absolom Bambrik) (1905-yil 3-noyabr — 1983-yil 13-oktabr) — shimoliy irlandiyalik futbolchi. Joseph Bambrick "Chelsea", „Walsall“, „ Glentoran“ va „Linfield“ kabi futbol jamoalarida o‘ynagan[1].
Klublardagi oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Irlandiya ligasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joseph Bambrick oʻzining professional faoliyatini „Glentoran“ futbol klubi bilan boshladi. Keyinchalik, Joseph Bambrick „Linfield“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Joseph Bambrickning „Linfield“ futbol klubidagi faoliyati ancha yaxshi boʻldi. Joseph Bambrick klub safida 183 ta oʻyinda jami 286 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu gollardan 50 tasi 1930—1931-yilgi mavsumga toʻgʻri keladi,. Bu koʻrsatkich oʻsha yili dunyodagi eng yuqori va Britaniya futbolidagi oʻsha paytdagi rekord natijalar edi[2]. Oʻsha mavsumda Joseph Bambrick barcha musobaqalarda 96 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu bilan Joseph Bambrickning „Linfield“ futbol klubidagi umumiy gollari soni atigi 8 yil ichida 509 ta golni tashkil etdi. Shuning uchun Joseph Bambrick toʻrt marta Irlandiya ligasi toʻpurari sifatida mavsumni yakunlangan edi[3].
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]1935-yil 24-dekabrda Joseph Bambrick Angliyaning „ Chelsea“ futbol klubi bilan 3000 funt sterling evaziga shartnoma imzoladi . Shundan soʻng, Joseph Bambrick 25-dekabr kuni (Rojdestvo kuni) „Aston Villa“ futbol klubiga qarshi klub safidagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Joseph Bambrick oʻzining birinchi golini ertasi kuni (Boxing Day) „Aston Villa“ futbol klubi darvozasiga kiritdi. 1935-yil 12-oktabrda mahalliy raqib „Arsenal“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvni (1:1 hisobidagi durang) 82 905 kishi tomosha qildi[4]. Umuman olganda, Joseph Bambrick „Chelsea“ futbol klubi safida 66 oʻyinda 38 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[5].
Walsall
[tahrir | manbasini tahrirlash]1938-yil iyul oyida Joseph Bambrick „Walsall“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Joseph Bambrick klub safida ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin bir mavsum oʻtkazib, nafaqaga chiqdi. Keyinchalik, Joseph Bambrick „Linfield“ futbol klubi safiga murabbiy sifatida qaytdi[6].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joseph Bambrick Irlandiya milliy futbol terma jamoasi safida 11 oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq boʻ[ldi. Joseph Bambrick Irlandiya milliy futbol terma jamoasi safida Uels millioy futbol terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (bitta oʻyinda) 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[7]. Joseph Bambrickning terma jamoa safida kiritgan gollari soni hali ham Shimoliy Irlandiya terma jamoasi tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchilar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egallab turishini taʼminlaydi.
Xalqaro oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|
1 | 1928-yil 22-oktyabr | Liverpool, Angliya | Angliya | 1-2 | 1929-yilgi Britaniya uy chempionati |
2 | 1929-yil 23-fevral | Belfast, Shimoliy Irlandiya | Shotlandiya | 3-7 | |
3 | |||||
4 | 1930-yil 1-fevral | Belfast, Shimoliy Irlandiya | Uels | 7-0 | 1930-yilgi Britaniya uy chempionati |
5 | |||||
6 | |||||
7 | |||||
8 | |||||
9 | |||||
10 | 1931-yil 5-dekabr | Belfast, Shimoliy Irlandiya | Uels | 4-0 | 1932-yilgi Britaniya uy chempionati |
11 | 1935-yil 27-mart | Wrexham, Uels | Uels | 1-3 | 1935-yilgi Britaniya uy chempionati |
12 | 1938-yil 16-mart | Belfast, Shimoliy Irlandiya | Uels | 1-0 | 1938-yilgi Britaniya uy chempionati |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Joe Bambrick“. Northern Ireland Football Greats. Qaraldi: 2011-yil 28-oktyabr.
- ↑ „World League Topscorers“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2006-yil 19-fevral). Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.
- ↑ „NIFG: Joe Bambrick“. Nifootball.blogspot.co.uk (2006-yil 31-iyul). Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.
- ↑ „First XI: Capital punishment ... games between Arsenal and Chelsea | Football First XIs“. ESPN (2011-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Players Appearances Ba-Bd“. Bounder.friardale.co.uk. Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.
- ↑ „NIFG: Joe Bambrick“. Nifootball.blogspot.co.uk (2006-yil 31-iyul). Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.„NIFG: Joe Bambrick“. Nifootball.blogspot.co.uk. 31 July 2006. Retrieved 23 December 2015.
- ↑ Ryder. „Joe Bambrick: Footballer 1905 -1983“. Ulster History Circle. 2011-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-oktyabr.