Joseph Berger (yozuvchi)
Joseph Berger | |
---|---|
Tavalludi | 1945 |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | AQSh |
Jozeph Berger (talaffuzi: Jozef Berger;1945-yil 17-yanvarda Lisva shahrida tugʻilgan[1]) — amerikalik jurnalist, yozuvchi va notiq. U 1984-yildan 2014-yilgacha The New York Times gazetasining muxbiri va muharriri boʻlib ishlagan. Toʻrtta kitob muallifi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jozeph Berger Rossiyaning Lisva shahrida[2] fashistlardan qochib o‘z shaharlarini tark etgan polyak-yahudiy ota-onaning farzandi[3][4]. Berger 1950-yilda ota-onasi va kenja ukasi bilan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib kelishgan. Undan oldin Yevropadagi Ikkinchi Jahon urushidan keyingi bir nechta koʻchirilganlar lagerlarida yashagan[5]. Uning AQShda bir singlisi tugʻilgan. Jozephning „Displaced Persons: Growing Up American After the Holocaust“ kitobida yahudiy tilida soʻzlashuvchi ota-onasining qochqin farzandi sifatida tarbiyalangani tasvirlangan[3].
Berger pravoslav maktabida oʻqigan[6]. Oʻrta maktabdan soʻng New York shaharidagi kollejlardan birida tahsil oldi, 1966-yilda kollejini tamomladi va Kolumbiya Universitetidagi Oliy jurnalistika yoʻnalishida magistraturani tamomladi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jozeph 1967-yildan 1971-yilgacha ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik 1971-yildan 1978-yilgacha New York Post gazetasida badiiy yozuvchi sifatida faoliyat yurita boshladi. 1978-yildan 1984-yilgacha Newsday gazetasida muxbir va diniy yozuvchi edi[7].
Berger 1984-yilda The New York Times gazetasi xodimlariga qoʻshildi[2]. U 1985—1987-yillarda din boʻyicha bosh muxbir, 1987—1993 yillarda esa milliy va mahalliy taʼlim boʻyicha muxbir sifatida ishlagan[2]. So‘ngra taʼlim muharriri o‘rinbosari va taʼlim muharriri vazifasini bajaruvchi bo‘lib, 10 kishidan iborat shtabga rahbarlik qildi[2]. Berger 2006-yildan 2008-yilgacha taʼlim toʻgʻrisida maqolalar yozgan[2]. Uning 2004 — 2007 yillarda New York etnik madaniyati haqida yozgan maqolalari „The World in a City: Traveling the Globe Through the Neighborhoods of the New New York“ kitobiga asos boʻlgan[2]. Shuningdek, Quddusdagi gazetalardan birida muharririning vaqtinchalik yordamchisi va Times byurosi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2014-yil dekabr oyida gazetadan nafaqaga chiqdi[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jozeph Berger Newsdayʼdagi faoliyati davomida Din yangiliklar mualliflari uyushmasi Supple mukofotining uch karra gʻolibi boʻlgan[2]. U 1993-yilda „Ikki tilli taʼlimdagi noxolislikni fosh qilganligi uchun“ Taʼlim Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga va 2011-yilda „Yosh hamkasblariga foydali maslahati uchun“ Siluriyaliklar jamiyatining Peter Kihss mukofotiga sazovor boʻlgan[2][8].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Berger va uning rafiqasi Brendaning bir qizi bor[8]. Ular Vestchester okrugida istiqomat qilishadi, u yerda rekonstruksiyachilar sinagogasining aʼzosi[5].
Biblografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Young Scientists: America's Future and the Winning of the Westinghouse. Addison-Wesley, 1994. ISBN 9780201632552.
- Displaced Persons: Growing Up American After the Holocaust. Scribner, 2001. ISBN 9780684857572.
- The World in a City: Traveling the Globe Through the Neighborhoods of the New New York. Ballantine Books, 2007. ISBN 9780345487384.
- The Pious Ones: The World of Hasidim and Their Battles with America. Harper Collins, 2014. ISBN 9780062123350.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ask A Reporter: Joseph Berger“. The New York Times (1999). 2002-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 „Joseph Berger, Class of 1966“. City College of New York Alumni Association (2018). 2018-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Getlin. „Revealing the Struggles of Holocaust Survivors in U.S.“. Los Angeles Times (2001-yil 10-iyul). Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
- ↑ Rosenblatt, Gary. „With NY Times Under Siege, Jewish Reporters Hit Back“. The New York Jewish Week (2019-yil 22-may). „Joseph Berger, whose parents were Polish Jewish immigrants, is well-known for his extensive coverage in The Times of Jewish-themed issues — most notably his reporting on local chasidic communities.“.
- ↑ 5,0 5,1 Goldman. „The Times' Kosher Berger“. The Times of Israel (2012-yil 7-avgust). Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
- ↑ 6,0 6,1 Resnick. „'My Job As A Journalist Is To Tell The Story': An Interview with New York Times Reporter Joseph Berger“. The Jewish Press (2014-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
- ↑ The Writers Directory, 32nd Nemeh: , Farmington Hills, MI: St. James Press, 2014 — 250-bet.
- ↑ 8,0 8,1 Plaxe. „Joseph Berger“. Temple Sholom of West Essex (2015-yil 2-iyun). 2018-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.