Josip Radošević
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 3-aprel 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Split, Xorvatiya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Brøndby IF | ||
Raqami | 22 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005—2012 | Hajduk Split | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2013 | Hajduk Split | 24 | (0) |
2013—2016 | Napoli | 9 | (0) |
2015—2016 | → Rijeka (Ijara) | 32 | (2) |
2016 | → Eibar (Ijara) | 8 | (0) |
2016—2017 | Red Bull Salzburg | 20 | (3) |
2017—2018 | Hajduk Split | 35 | (3) |
2018- | Brøndby | 119 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010 | Xorvatiya U16 | 4 | (2) |
2010—2011 | Xorvatiya U17 | 16 | (0) |
2011—2012 | Xorvatiya U19 | 6 | (0) |
2013 | Xorvatiya U20 | 2 | (0) |
2013—2016 | Xorvatiya U21 | 16 | (4) |
2012 | Xorvatiya | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (3-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-oktabr 2016-yil uchun) |
Josip Radošević (talaffuzi: Yosip Rodoshevich[1][2]) (1994-yil 3-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Daniya Superliga klubi „Brøndby IF“da yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hajduk Split
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radošević oʻz faoliyatini tugʻilgan shahrining „Hajduk Split“ klubida yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan. Isteʼdodli yarim himoyachi 2011-yilning noyabr oyida „Hajduk“ning asosiy jamoasiga koʻtarilgan[3]. 2011-yil 23-noyabrda u 2011/2012-yilgi Xorvatiya kubogi chorak finalida NK Zagreb ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda asosiy jamoa safida debyut qilgan[4]. 2011/2012-yilgi mavsumda Radošević Hajdukning birinchi oʻn birlik tarkibida oʻynay boshlagan. 2012/2013-yilgi mavsumda u oʻzini „Hajduk“ yarim himoyasida asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va „Napoli“ ga oʻtishdan oldin mahalliy liganing 17 oʻyinida maydonga tushgan.
Napoli
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilning 29-yanvarida Radoševićni A Seriya vakili „Napoli“ 2 million yevro evaziga sotib olgan[5]. 2013-yilning 25-avgustida u 2013/2014-yilgi mavsumning birinchi davrasida „Bolonya“ga qarshi oʻyinda „Napoli“ safida rasmiy debyut qilgan va 84-daqiqada Gonsalo Iguain oʻrniga maydonga tushgan[6].
Rijeka (Ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 4-fevralida Radošević 2015-yilning 31-dekabriga qadar „Rijeka“ga ijaraga berilgan[7]. U 2015-yil 4-aprel kuni Zagrebning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda qoʻshib berilgan vaqtning toʻrtinchi daqiqasida hisobni tenglashtirgan golini kiritgan bu uning klub safidagi ilk goli boʻlgan[8].
Red Bull Salzburg
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 31-avgustida, yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Radošević erkin agent sifatida Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ klubi bilan shartnoma imzolagan[9].
Hajduk Splitga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Josip Radošević 2017-yil 3-iyun kuni „Hajduk“ning yangi futbolchisi sifatida eʼlon qilingan[10].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radošević Xorvatiyaning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi tarkibida 2011-yilgi UEFA U-17 futbol boʻyicha Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan va barcha oltita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan. Xorvatiya saralash bosqichini magʻlubiyatsiz yakunlagan boʻlsa-da, pley off bosiqchida mezbon Niderlandiyaga magʻlubiyatga uchrab keyingi bosqichga oʻta olmagan[11]. Umuman olganda, u yoshlar jamoalari uchun 35 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. 2012-yil avgust oyida Radošević terma jamoaga murabbiy Igor Shtimac tomonidan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Makedoniya va Belgiyaga qarshi oʻyinlarda himoyachi Ognyen Vukojevichga alternativa sifatida chaqirilgan[12][13]. 2012-yil 11-sentabrda Radošević milliy terma jamoa safida Belgiyaga qarshi oʻyinda (1:1) maydonga tushgan va u terma jamoa tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan[14].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Divizion | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
Hajduk Split | 2011—2012 | 1. HNL | 7 | 0 | 2 | 0 | — | 9 | 0 | |
2012—2013 | 1. HNL | 17 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | 24 | 0 | |
Jami | 24 | 0 | 5 | 0 | 4 | 0 | 33 | 0 | ||
Napoli | 2013—2014 | Serie A | 8 | 0 | 1 | 0 | — | 9 | 0 | |
Rijeka (Ijara) | 2014—2015 | 1. HNL | 16 | 1 | 4 | 0 | — | 20 | 1 | |
2015—2016 | 1. HNL | 16 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 20 | 1 | |
Jami | 32 | 2 | 6 | 0 | 2 | 0 | 40 | 2 | ||
Eibar (Ijara) | 2015—2016 | La Liga | 8 | 0 | — | 8 | 0 | |||
Red Bull Salzburg | 2016—2017 | Bundesliga | 20 | 3 | 3 | 1 | 5 | 1 | 28 | 5 |
Hajduk Split | 2017—2018 | 1. HNL | 35 | 3 | 5 | 0 | 5 | 1 | 45 | 1 |
Brøndby IF | 2018—2019 | Superliga | 30 | 2 | 3 | 0 | 4 | 0 | 37 | 2 |
2019—2020 | Superliga | 27 | 1 | 1 | 0 | 6 | 0 | 36 | 1 | |
2020—2021 | Superliga | 31 | 0 | 2 | 0 | — | 33 | 1 | ||
2021—2022 | Superliga | 26 | 1 | 2 | 0 | 7 | 0 | 35 | 1 | |
2022—2023 | Superliga | 6 | 2 | 0 | 0 | 4 | 0 | 10 | 2 | |
Jami | 120 | 6 | 8 | 0 | 21 | 0 | 149 | 6 | ||
Karyerada jami | 247 | 14 | 28 | 1 | 37 | 2 | 312 | 17 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Napoli
- Italiya kubogi : 2013—2014
- Italiya Superkubogi : 2014-yil
Red Bull Salzburg
- Avstriya Bundesligasi : 2016—2017
- Avstriya kubogi : 2016—2017
Brondby
- Daniya Superligasi : 2020—2021[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jòsip“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Jòsip“. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
- ↑ „rȃd1“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Radóšević“. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
- ↑ Alfirević, Slaven. „Josip Radošević: Ja sam čovjek za duele!“ (hr). Slobodna Dalmacija (2011-yil 19-noyabr).
- ↑ Jurišić, Bernard. „Vukušić za prednost u nenogometnim uvjetima“ (xorvatcha). Sportnet.hr (23-noyabr 2011-yil). 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
- ↑ „Gli azzurri verso il match con il Catania“. sscnapoli.it (29-yanvar 2013-yil). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Napoli-Bologna 3-0: apre Callejon, poi la doppietta di super Hamsik“. gazzetta.it (25-avgust 2013-yil).
- ↑ „Veznjak "Napolija" na posudbi u "Rijeci": Josip Radošević danas potpisuje ugovor“. novilist.hr (4-fevral 2015-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Rijeka-Dinamo 2:2“. hrnogomet.com (4-aprel 2015-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Salzburg hat Bernardo-Nachfolger“.
- ↑ „JOSIP RADOŠEVIĆ NOVI JE IGRAČ HAJDUKA!“ (xorvatcha). HNK Hajduk Split. Qaraldi: 3-iyun 2017-yil.
- ↑ Rupnik, Borna. „Pirova pobjeda mladih Hrvata“ (xorvatcha). Sportnet.hr (29-mart 2011-yil). 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2011-yil.
- ↑ Rupnik, Borna. „Štimac: U ovom kadru nema potrebe za Pranjićem, Radošević jedina alternativa Vukojeviću“ (xorvatcha). Sportnet.hr (23-avgust 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
- ↑ Piršljin, Josip. „Radošević: Malo sam iznenađen pozivom u reprezentaciju, ali to mi je daljnji motiv“ (xorvatcha). Sportnet.hr (23-avgust 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
- ↑ Jurišić, Bernard. „Vrlo dobra Hrvatska uzela bod u Bruxellesu i potvrdila status prvog favorita skupine“ (xorvatcha). Sportnet.hr (11-sentabr 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2012-yil.
- ↑ „Soccer-Brondby beat Nordsjaelland to clinch Danish league title“. Yahoo Sports (24-may 2021-yil). Qaraldi: 24-may 2021-yil.