Kontent qismiga oʻtish

Jozefina Topalli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jozefina Topalli
Albaniya parlamentining 35-raisi
Mansab davri
2-sentyabr, 2005-yil(2005-09-02) – 9-sentyabr, 2013-yil(2013-09-09)
Prezident Alfred Moisiu
Bamir Topi
Bosh vazir Sali Berisha
Vorisi Ilir Meta
Parlament a'zosi
Mansab davri
26-may, 1996-yil(1996-05-26) – 8-sentyabr, 2017-yil(2017-09-08)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-noyabr 1963-yil (1963-11-26) (61 yosh)
Shkodër, Albaniya
Millati Albaniyalik
Siyosiy partiyasi Albaniyaning demokratik partiyasi
Bolalari Tony Topalli[1]

Jozefina Topalli (sobiq familyasi Choba) Albaniya siyosatchisi boʻlib, 1963-yilda 26-noyabrda tavallud topgan. 2005-yil 2-sentabrdan 2013-yil 9-sentabrgacha Albaniya parlamenti raisi sifatdia faoliyat yuritgan. U Albaniya Demokratik partiyasining vitse-prezidenti unvoniga ega boʻlgan. Topalli turmush qurgan boʻlib, uning ikkita farzandi bor.

Avvalgi kasbiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jozefina Topalli Shkodradagi Luigj Gurakuki universitetini matematika va huquq boʻyicha ikki mutaxassislik boʻyicha tamomlagan. Keyinchalik u Italiyaning Padua universitetida xalqaro munosabatlar boʻyicha tahsil oladi va Tirana universitetida Davlat boshqaruvi va Yevropa tadqiqotlari boʻyicha magistrlik darajasini oladi. 2010-yilda Tirana universitetida „Mamlakatning Yevropa integratsiyasi jarayonida milliy parlamentning roli“ mavzusidagi dissertatsiyasi bilan fan nomzodi ilmiy darajasini qoʻlga kiritadi. Bundan tashqari, u ingliz, rus, fransuz va italyan tillarini yaxshi oʻrgangan[2].

1992-yildan 1995-yilgacha Shkodër shahridagi Savdo palatasida faoliyat yuritgan. 1995 va 1996-yillarda Shkodradagi Luigj Gurakuqi universitetida kansler va oʻqituvchi boʻlib boʻlgan. Topalli 1996-yildan beri milliy qonun chiqaruvchi organ aʼzosi hisoblanadi. 2005-yilda Topalli Albaniya Respublikasi assambleyasi Prezident etib saylandi va 2009-yilda oʻz lavozimida qoldi

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilgi Albaniya parlament saylovlarida Topalli Albaniya Demokratik partiyasi deputatligiga saylandi va keyinchalik u toʻrt marta saylovda galaba qozonib yana qayta saylanadi. Bundan tashqari, u ijtimoiy masalalar, sogʻliq va oila masalalari qoʻmitasining aʼzosi va Bolalar qoʻmitasi vitse-prezidenti boʻlib xizmat qilgan. 1996-yildan buyon Topalli Albaniya Demokratik partiyasining vitse-prezidenti boʻlib faoliyat yuritmoqda.

Parlament raisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jozefina Topalli Albaniya parlamenti tarixidagi birinchi ayol va 1991-yildan beri plyuralistik parlament tarixidagi Albaniya Respublikasi parlamentining oltinchi raisi. U 2005-yil sentabr oyida oʻz vazifalarini zimmasiga oldi va 2009-yil sentabrda ikkinchi toʻrt yillik mandat uchun Parlament raisi etib qayta saylandi. Topalli bundan oldin oʻtkaziladigan ikki kengashda (1997-2001; 2001-2005- yillarda) qonun chiqaruvchi kengash raisining oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan.

2005-yil sentabr oyida Albaniya Assambleyasi aʼzosi sifatida qasamyod qabul qilish marosimidagi soʻzlagan nutqida Jozefina Choba Topalli muxolifat tarafdori boʻlishga qatʼiy qarshiligini taʼkidladi. 

Parlament diplomatiyasi doirasida Albaniya parlamenti aʼzosi Jozefina Topalli Albaniya siyosiy hayotiga yangilik kiritdi, shuningdek, Albaniya va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi Barqarorlik va birlashma toʻgʻrisidagi bitimni Yevropa Ittifoqi davlatlari parlamentlari tomonidan tasdiqlanishini tezlashtirish bilan shugʻullandi. Albaniyaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi NATO protokollari ham shuning qamrovida edi. U Kosovo Respublikasini ham tasdiqlanishi uchun taʼsir oʻtkazishdan toʻxtamaydi.   

Muvaffaqiyatli karyerasi va siyosiy va parlamentdagi ishtiroklari uchun Jozefina Topalli 2010-yilda NATO Assambleyasi Italiya parlament delegatsiyasi prezidenti Sergiyo De Gregorio tomonidan yuborilgan xalqaro Oʻrta yer oʻrta yer dengiz forumi tomonidan mukofotlangan „Orta yer dengizga oid mukofot“ bilan taqdirlandi.[3][4]

Jozefina Topalli UNISEF Albaniyadagi idorasi tomonidan UNICEFning mamlakatdagi bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha birinchi elchisi deb eʼlon qilindi.   

Siyosiy faoliyatida qoʻshgan qimmatbaho hissasi uchun Topalli Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi raisi Vadim Tulapanov tomonidan „Fahriy medal“ bilan taqdirlandi.   

Shuningdek, Topalli Parlament raisi sifatida Milonning katolik universiteti tomonidan "Millennium Peace Award: Cavaliere per la Pace" xalqaro unvonini olgan.   

2012-yil aprel oyida Shimoliy Makedoniyaning Čair shaharchasi Topalli xonimga „Fahriy fuqaro“ unvonini berdi.

  1. Debate 2007parl.gc.ca (Wayback Machine saytida 2015-09-24 sanasida arxivlangan)
  2. „Jozefina Topalli « Partia Demokratike e Shqiperise“ (Albanian). Democratic Party of Albania. 2010-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-mart.
  3. „Mediterranean Award“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Memoriae - 2a Edizione“. www.fondazionemediterraneo.org. Qaraldi: 2024-yil 8-may.
Siyosiy idoralar
Oldingisi Albaniya Parlamenti raisi
2005–2013
Keyingisi