Kontent qismiga oʻtish

Juft tuyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Juft tuyoqlidan yoʻnaltirildi)

Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) — sut emizuvchilar sinfining turkumi. Quyi eotsendan maʼlum. Oyoqlari oʻqi kuchli rivojlangan boʻlib, 3– va 4–barmoqlari oʻrtasidan oʻtadi. 2– va 3–barmoklari kucheiz rivojlangan, 1–barmogi boʻlmaydi. Oyoqlarining sagittal qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi, oʻmrov suyagi yoʻq. 2 kenja turkum: kavshavchi va kavshamaydigan kenja turkumga boʻlinadi. Hozirgi zamon faunasida 150 ga yaqin turi maʼlum. Keng tarkalgan, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga introduksiya qilingan. Oʻzbekistonda 8 turi maʼlum. Oʻsimlikxoʻr, baʼzan hammaxoʻr (toʻngʻiz). Bir qancha turlari (echki, qoʻy, sigir) xonakilashtirilgan. Koʻpchilik yovvoyi turlarining soni kamayib ketmoqda. Bir qancha turlari (jayran, arhar, togʻ echkisi) Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil