Junayd al-Bag'dodiyning hayot yo'li
Hazrat Junayd al-Bag'dodiyning hayot yo'li
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasavvuf yoxud so'fiylik taʻlimotining mazmuni bugungi kunda ko'pchilikka yaxshi tanish. Tasavvuf, yaʻni so'fiylik Islomda insonlarni ruhiy va axlokiy jihatdan komillik sari yo'llovchi taʻlimotdir. Manbalarda keltirilishicha, ushbu taʻ limotning yuzaga kelishiga asosiy sabab hijratning ikkin chi asriga kelib ayrim odamlarda hidoyat, ibodat, taqvo, zohid lik singari his-tuyg'ular o'rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlarning paydo bo'la boshlaganligidir. Halollik va poklikni hayot mazmuni deb bilganlar, so'fiylik yo'liga qadam qo'yganlar tasavvuf taʻlimotini dastlab turlicha talqin qilishgan. Shunday bo'li shiga qaramasdan, ushbu taʻlimot paydo bulgan ilk davrlardan buyon hozirgacha uning mazmunidagi asosiy, yaʻni insonni shaxs sifatida barkamollashtirish g'oyasi hamon barqarorligicha qol moqda. O'tmishda ko'plab alloma bobokalonlarimiz tasavvuf taʻ limotini insonlar orasida keng targ'ib etish, uni doimo boyitib borish yo'lida fidoyilik qilishgan. Ulardan biri hazrati Junayd al-Bag'dodiydir.Abul Qosim al-Junayd ibn Muhammad al-Kavoririy al-Xazzos al-Bag'dodiy ahli sunna val jamoatning buyuk ulamolaridan va hijriyning III asrdagi sunniy tasavvuf shayxlaridan bo'l gan buyuk alloma edi.
Tasavvufdagi o'rni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir qator tarixiy, diniy, shuningdek, baʻzi zamonaviy il miy manbalarida qayd etilishicha, hazrat Junayd al-Bag'dodiy tasavvufdagi 2 ta asosiy oqimdan biri – Junaydiya tariq ti asoschisi. Asli Hamadon yaqinidagi nahovandlik forslardan bo'lgan. Bag'dodda (ayrim manbalarda Nahovand shahrida deyilgan) tavvalud topgan va butun umri shu yerda o'tgan. Allomaning tug'ilgan yili haqida aniq maʻlumot saqlanib qolmagan. Ayrim manbalarda hijriy 220 yilda (milodiy 831 yilda) tug'ilgan degan taxminlar mavjud.Go'dakligida otadan etim qolib tog'asi, so'fiy Sari as-Saqatiy (867 v.) qo'lida tarbiyalangan va uning muridi bo'lgan. Shofeʻiy huquqi va hadislarini mashhur faqih Abu Savra Ibrohim ibn Hamid al-Kabaliy al-Bag'dodiy (854 v.)dan o'rgangan. Tasavvufda al loma Junayd al-Bag'dodiyning ustozlari Sari as-Saqatiy va al-Xoris al-Muxasibiy (taxm. 781–857) bo'lgan. Ular Bag'dod so'fiylik maktabi asoschilari hisoblanib, Allohning yagona ligi (tavhid), psixologik tajriba haqidagi taʻlimot ni ishlab chiqqanlar.Hazrat Junayd al-Bag'dodiy so'fiylikni doimiy ruhiy poklanish va turli qarashlar kurashi vositasi deb bilgan. Uning fikricha, so'fiyning hayoti Allohning yagonaligini bilish yo' lida tinimsiz saʻy-harakat kilish, o'zini Allohga abadiy tobe ekani va uning oldida o'zining naqadar ojiz ekanligini his etishdan iborat. Allomaning bir asari, yaʻni “Rasoil”i bizgacha saqlanib qolgan. Unda hazrat Junayd al-Bag'dodiyning maktu blari, so'fiylikka doir maqola, risolalari jamlangan bo'lib, ularning bir qismi Qurʼonning ayrim oyatlariga sharh shakli da yozilgan.Alloma haqida turli xil rivoyatlar va hikoyatlar saqla nib qolganki, ularning aksariyati haqiqiy hayotda bo'lib o't gan voqealarga asoslangandir. Aytishlaricha, Junayd do'konda shisha (oyna ) sotar, har kuni do'konga parda to'sib qo'yib, to'rt yuz rakat namoz o'qir edi. Bir qancha vaqtdan keyin do'konni tark etib xilvatga kirdi. U 20 yoshda fatvo berar edi. Qirq yil ibodat bilan mashg'ul bo'ldi. Butun o'ttiz yil xufton namozini o'qigandan keyin, bomdodga qadar oyoqda turib “Alloh, Alloh” der edi. Adabiyotlar;<>Hayot-ul Uslub<>>kitobi muallif; Doktor Abdulmajid Muhtasib. Tarjima qildi Ismoil Rayhonov.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |