Kontent qismiga oʻtish

Juulia Turkkila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juulia Turkkila
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Juulia Turkkila
Davlat Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Boʻyi 163
Sherigi Matthius Versluis
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 185.19
Qisqa dastur 71,92
Erkin dastur 113.27

Juulia Turkkila (Talaffuzi: Yuliya Turkkila; 1994-yil 3-noyabr, Helsinki) — Finlandiyalik figurali uchuvchi. Sport faoliyatining boshida yakka holda figurali uchish musobaqalarida qatnashgan. Juulia 2011-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Finlandiya chempioni, kattalar oʻrtasida 2014-yilgi Finlandiya chempioni, kattalar oʻrtasida Finlandiya chempionatining ikki karra kumush medali sovrindori (2012 — 2013).

Juulia 2016-yil bahoridan boshlab Matthius Versluis bilan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashmoqda. Juftlik 2019-yilda Finlandiya chempioni va muz ustida raqs boʻyicha milliy chempionatning ikki karra kumush medali sovrindori (2017, 2018) boʻlgan. 2018-yil 11-dekabr holatiga koʻra, bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 43-oʻrinni egallagan[1].

Juulia Turkkila Helsinkining „Helsingin Luistelijat“ sport klubida figurali uchish bilan shugʻullanadi) . U yilning koʻp qismini Helsinkida, yozni esa Tartuda (Estoniya) mashq qilib oʻtkazadi.

Tarja Sipilä Juuliaga murabbiylik qilgan. Juulia ilgari murabbiyTiiu Valgemäe qoʻl ostida mashq qilgan

2011-yilgi Yevropa chempionatida


Juulia 2013—2014-yilgi mavsumni Italiyada oʻtkazilgan Lombardiya kubogida boshlagan va u yerda qatnashib beshinchi oʻrinni egallagan[2].

Juulia 2016-yilning bahorida, mavsum yakunida yakka holda konkida uchuvchi Matthius Versluis bilan juftlashdi va birga muz ustida raqs musobaqalarida chiqishga qaror qilishdi.

Bu juftlik noyabr oyi boshida Dortmundda oʻtkazilgan turnirda debyut qilib, oltinchi oʻrinni egalladi va darhol qitʼa bosqichiga yoʻllanma oldi. Noyabr oyining oxirida juftlik Tallin Trophy musobaqasida ishtirok etdi va u yerda uncha yahshi natijaga erishmadi. Shundan soʻng Finlandiya chempionati boʻlib oʻtdi, unda juftlik kumush medallarni qoʻlga kiritdi. 2017-yil fevral oyining boshida sportchilar Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Universiada oʻyinlarida ishtirok etishdi va musobaqada muvaffaqiyatsiz chiqish qilib, sakkizinchi oʻrinni egalladilar. Fevral oyi oʻrtalarida Finlandiya juftligi Obersdorfda boʻlib oʻtgan Bavariya kubogi turnirida qatnashdi va u yerda yigirmanchi oʻrinni egalladi.

Sentyabr oyida Juulia/Matthius juftligi Bergamoda oʻtkazilgan Olimpiya mavsumini boshladi va Lombardiya kubogida qatnashib, kuchli oʻntalikka kirishdi. Oktyabr oyining boshida Espooda oʻtkazilgan Finlyandia Trophy turnirida juftlikning chiqishi unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi va ular oʻn ikkinchi oʻrinni egalladilar. Oktyabr oyi oʻrtalarida Nice shahrida boʻlib oʻtgan City Cup musobaqasi ham unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi, turnirda jufrlik oʻn uchinchi oʻrinni egalladi. Bir oy oʻtgach, Avstriyaning Grats shahrida boʻlib oʻtgan turnirda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritdi. Milliy chempionatda ular ikkinchi marta chempion boʻlishdi.

Muz ustida raqs

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqalar/mavsum 2016 — 2017 2017 — 2018 2018 — 2019
Jahon chempionatlari 16
Yevropa chempionati 11
Gran-pri bosqichlari. Xelsinki 6
Tallin Trophy 13
Lombardia Trophy 10 6
Finlandia Trophy 15 6
Qishki Universiada 8 4
CS Nepela kubogi 7
Nice Cup 13
Kubok SR-V 6
Bavariya kubogi 11 6 3
Nice Cup 13
Egna Cup 5
Gratsdagi turnir 3
Ice Star 2
Andorra kubogi 5
Warsaw Cup 3
Finlandiya chempionati 2 2 1

Yakka holda konkida uchishda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fasllar 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ 2013 — 2014 ㅤ 2014 — 2015 ㅤ 2015 — 2016 ㅤ
Jahon chempionatlari 20 18 31 29
Yevropa chempionati 15 17 17 12
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 16 19
Finlandiya chempionati 4J 1J 2 2 1 3
Nebelhorn Trophy 9 14 6 10
Finlandia Trophy 6 6 7 7 12
Warsaw Cup 6
icechallenge 10J 7 9
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Estoniya 13
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha 13
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya oʻn
Warsaw Cup 8N
N = yangi konkida uchuvchilar toifasida
J = oʻsmirlar toifasida
  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (11-dekabr 2018-yil). 2012-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2018-yil.
  2. „Lombardia Trophy: Родегейро победила, Хельгессон – 2-я.“. 6-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.