KES yulduzi
Asl nomi | Звезда КЭЦ |
---|---|
Muallif(lar) | Aleksandr Belyayev |
Tarjimon(lar) | Nizom Komilov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy-fantastik roman |
Nashr etilgan sanasi | 1936 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1970 |
„KES yulduzi“ (ruscha: Звезда КЭЦ) – rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Ilk bor „Вокруг света“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida esa birinchi marta 1936-yil nashr qilingan.
Asarni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „Amfibiya odam“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KES yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.
„KES yulduzi“ fazoni oʻzlashtirish mavzusidagi Sovet Ittifoqida chop etilgan ilk fantastik asardir. „KES yulduzi“ rus olimi Konstantin Eduardovich Siolkovskiy xotirasiga bagʻishlangan. Asarda yerning ikkinchi sunʼiy yoʻldoshi KES yulduzi deb ataladi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asardagi hodisalar biolog Leonid Artemyev otidan hikoya qilinadi. Roman qahramonlari KES yulduziga uchib borishadi. Bu yulduz Yerning ikkinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib, u yerda odamlar yashaydi va fazoni oʻrganadi. Yulduz, undagi raketalar va boshqa koʻplab moslamalar Konstantin Eduardovich Siolkovskiy loyihalarida asosida tayyorlangani uchun yulduzga uning nomi berilgan.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Leonid Vasilevich Artemyev — biolog
- Antonina Ivanovna Gerasimova, Tonya — Artemyevning qoʻshnisi
- Yevgeniy Paley-Yevgenev — Tonyaning eski doʻsti
- Kramer — laborant-biolog
- Anna Ignatevna Myoller — KES yulduzida vrach
- Elza Nilsen — KES yulduzida kutubxonachi
- Andrey Pavlovich Shlikov — biolog
- Fyodor Grigorevich Tyurin — rasadxona astronomi
- Boris Mixaylovich Sokolovskiy — geolog
- Parxomenko — KES yulduzi direktori
- Andrey Pavlovich Kistenko — aerolog
- Vera Zorina, Faleyev — biologlar
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]KES yulduzi. Amfibiya odam
[tahrir | manbasini tahrirlash]„KES yulduzi“ni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „Amfibiya odam“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. Mazkur toʻplamni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, G. Jirnov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.
Amfibiya odam. Jahongir. KES yulduzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roman 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida „Amfibiya odam. Jahongir. KES yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan. Toʻplamni oʻzbek tiliga 1963-yil „Молодая гвардия“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Nizom Komilov tarjima qilgan. Asar soʻzboshini M. Mahmudov yozgan.
Tahrir hayʼati Hakim Nazir (rahbar), Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Poʻlat Moʻmin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev hamda Nosir Fozilovlardan iborat boʻlgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Joʻrayeva – muharrir, L. Davats, A. Shatalov – rassomlar, A. Kiva – rasmlar muharriri, V. Barsukova – texnik muharrir, SH. Sobirova, SH. Nazarova – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]