Kadena (Okinava)
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
Muammo aniq keltirilmagan. Sahifadagi muammoni aniqlab yozing yoki andozani olib tashlang. |
Kadena Kadina 嘉手納町 | |
---|---|
Shaharcha | |
26°21′41.6″N 127°45′18.9″E / 26.361556°N 127.755250°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hudud | Kyushu |
Prefektura | Okinava Prefekturasi |
Tuman | Nakagami |
Hukumat | |
• Mayor | Hiroshi Toyama |
Maydon | 15.04 km2 (5.81 kv mi) |
Aholisi (2016-yil, oktabr) |
13,671 |
|
Kadena (yaponcha: 嘉手納町 Kadena-chō , Okinawan: Kadina) Yaponiyaning Okinava Prefekturasidagi Nakagami tumanida joylashgan shaharcha.
2016-yil, oktabr holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 13,671 kishini va zichligi 1 km² ga 910 kishini tashkil qiladi. Umumiy maydoni 15.04 kv/km (5.81 sq mi). Shaharning taxminan 85 foizi AQSh hukumati tomonidan nazorat qilinadi, shu jumladan Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlaridagi ikkinchi yirik baza boʻlgan Kadena aviabazasi ham.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kadena gʻarbda Sharqiy Xitoy dengiziga qaragan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kadena Okinava prefekturasining yana uchta munitsipaliteti bilan chegaradosh.
- Shimolda Yomitan
- Sharqda Okinava
- Janubda Chatan
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kadena hududida, Okinava orolida qobiqli tepaliklar koʻrinishidagi eng qadimgi turar-joy qoldiqlari mavjud[1]. Hozirda Yomitan va Kadena oʻrtasidagi chegara hisoblangan Hija daryosi atrofi ilk aholi punktlari boʻlgan deb hisoblanadi[1]. Mintaqada bir qancha kichik gusuku xarobalari (qasrlar va qal’alar) topilgan[1]. Amavari, mashhur sarkarda, Kadena Chatanning bir qismi boʻlgan vaqtda Kadena hududida tugʻilgan[1]. 1879-yilda Yaponiya Okinava orolini anneksiya qildi va 1908-yilda Chatan qishloqqa aylandi. Tinch okeani urushi vaqtida Yaponiya Kadena hududida uchish yoʻlagi qurgan. 1945-yilda Okinava jangi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari Hija daryosi qirgʻogʻiga qoʻngan va oʻsha uchish-qoʻnish yoʻlagini egallagan va u Kadena havo kuchlari bazasiga aylangan. 1948-yil 4-dekabrda Amerika harbiy hukumati Kadenani Chatandan ajratib, Kadena qishlogʻini tashkil etgan[1]. Qoʻshma Shtatlar bazadan tashqarida Kadena doirasini qurgan. 1976-yil 1-yanvarda, Okinava Yaponiya nazoratiga qaytganidan toʻrt yil oʻtgach, Kadena shaharcha maqomiga koʻtarilgan[1].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan Kadena iqtisodiyoti Kadena havo kuchlari bazasi mavjudligiga bogʻliq. Shuningdek, shaharchada oz miqdorda ananas va shakarqamish yetishtiriladi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munitsipal maktablarga quyidagilar kiradi[2]:
- Kadena oʻrta maktabi (嘉手納中学校)
- Kadena boshlangʻich maktabi (嘉手納小学校)
- Yara boshlangʻich maktabi (屋良小学校)
Okinava prefekturasi taʼlim kengashi Okinava Prefekturasi Kadena maktabini boshqaradi.
DoDEA amerikalik xodimlarning qaramogʻidagilar uchun boʻlgan Kadena AFB maktablarini boshqaradi. Bir nechta maktablar Kadena shahrida boʻlmasa ham.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba xatosi: <ref>
tag with name "c" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "e" defined in <references>
is not used in prior text.
<ref>
tag with name "pop" defined in <references>
is not used in prior text.Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kadena rasmiy veb-sayti (yaponcha)