Kontent qismiga oʻtish

Kamaytepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamaytepaoʻrta asr shahar harobasi (mil. 518-asrlar). Qashqadaryo vodiysining oʻrta qismida, daryodan 1 km chamasi uzoqlikda. Chim qishlogʻi chekkasida joylashgan. 1964—66-y.larda Qashqadaryo arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi tomonidan (N. I. Krasheninnikova, S. B. Lunina) oʻrganilgan. K. 3 qismdan — ark, shahriston va raboddan iborat. Ark (bal. — 20 m) deyarli toʻgʻri toʻrtburchak shaklida (190x175 m), shahriston gʻarbdan sharqqa choʻzilgan, uz. 450 m, kengligi — 350 m. Arkka qiya yoʻlka (pandus) orqali koʻtarilganlar. Arkdan ilk oʻrta asrlarga oid sopol idishlar topilgan. Hozirda ark ichidagi tepalik qabristonga aylantirilgan. K.dan topilgan terrakota (sopol) taxtachada 2 shoxli bosh kiyim kiygan, soʻl qoʻlida dumaloq meva (olma) tutgan, oʻng qoʻlining panjalarini ochgan holda baland koʻtargan bir shaxsning tasviri (mil. 5-asr) aks etgan.

  • Lunina SB., Goroda Yujnogo Sogda v VIII—XII vv., T., 1984.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil