Kontent qismiga oʻtish

Kamxastak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kamxastak
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Kamxastak (Cerasus mahaleb) — raʼnodoshlar oilasiga mansub keng shoxshabbali daraxt; manzarali oʻsimlik. Boʻyi 10—12 m. Tana diametri 20—30 sm, kulrang yoki toʻq kulrang. Bargi dumaloq, tuxumsimon, bandli, qalin, uz. 6 sm, chetlari arra tishli. Guli 2 jinsli, xushboʻy, gultoji yashil, oqish-qoʻngʻir. Toʻpguli shingilsimon. Mevasi mayda, qora, qizil, yashil, oqish-qoʻngʻir-sariq, sershira, nordon. Apr.da gullab iyul — avgustda meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati togʻlari hamda soy boʻylarida oʻsadi. K.ka payvand qilingan gilos va olvolilar tez oʻsadi, mevasi erta pishadi va qurgʻoqchilikka chidamli boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil