Kontent qismiga oʻtish

Kankan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kankan (frans. cancan — shovqin-suron) — fransuzcha raqs. Asli Jazoirdan kirib kelgan. 19-asrning 30-yillarida Parijda bal raqsi sifatida paydo boʻlgan. Oʻlchovi 2/4, surʼati tez, chaqqon. Sakrash, oyoqni siltab oldinga koʻtarish kabi harakatlar xosdir. Fransuz mumtoz operettasi (J.Offenbax), keyinchalik fransuz estradasi (kafeshantanlar)da keng tarqalgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil