Kanpirak devori
Kanpirak devori (Devori Kanpirak, Kanpir devor) – Markaziy Osiyoda dehqonchilik vohalarini koʻchmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining xarobalari. Maʼnosi qazilgan (choh) demakdir. Talaffuzda „n“ bilan „m“ almashuvi kuzatiladi. Pir soʻzi esa qadimgi payrya – aylana, oʻrov maʼnosida. Demak kanpir soʻzining oʻzi xandakli devor degani. Devor soʻzi kanpir soʻzining tub maʼnosi unutilganda qoʻshilgan.
Buxoro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi Buxoro vohasidagi shahar va qishloqlarni oʻrab olgan mudofaa devori (Devori kanpirak). Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asaridagi maʼlumotga koʻra, Kanpirak devori 782—831-yillarlarda qurilgan. Masʼudiyning yozishicha, Kanpirak devori qadimgi Sugʻd podsholari zamonida bino qilingan. Narshaxiy maʼlumoti Kanpirak devorining qayta tiklangan davriga toʻgʻri keladi. Kanpirak devori xarobalarini arxeologik jihatdan oʻrganish yozma manbalardagi maʼlumotni toʻla tasdiqladi. Masʼudiy xabar qilgan dastlabki koʻhna devor Narshaxiy yozgan Kanpirak devoriga qaraganda ancha kichik maydonni egallagan. Sunʼiy marza holida saqlangan. Kanpirak devoru xarobalarining eni 25—35 metr, balandligi 1—3 metr, baʼzi yerlarda 4 metrgacha yetadi. Dastlabki vaqtlarda uning kengligi 12—14 metr, balandligi 8—10 metr, uzunligi 336 kilometr boʻlgan[1]. Qadimgi Sugʻd vohasini oʻrab olgan Kanpirak devori VIII asr oxiri – IX asr boshlarida bino qilingan. Uzunligi 336 kilometr. Sunʼiy koʻtarma holida saqlangan Kanpirak devori xarobasining kengligi 15—20 metr, balandligi 2—4 metr[1].
Qadimgi Usrushona vohasini oʻrab olgan. Bu devor ham sunʼiy koʻtarma holida salangan boʻlib kengligi 15—20 metr, baʼzi joylarda, hatto 25 metr, balandligi 1 metrdan 3 metrgacha[1].
Qadimgi Fargʻona vodiysining gʻarbidagi Kanpirak devori VIII asr oxiri – IX asr boshlarida bino qilingan. Devor harobasi shimoldan janubga yoʻnalgan boʻlib, juda yaxshi saqlangan. Kengligi 12—15 metr, balandligi 2—4 metr[1].
Qadimgi Toshkent vohasini shimoliy tarafdan oʻragan Kanpirak devori Xoʻjakentdan Sirdaryogacha choʻzilgan boʻlib, xarobalarining kengligi 10—15 metr, balandligi 1—2 metr[1].
VIII—IX asrlarda Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi davrida Buxoro, Sugʻd va Usrushona vohalari atrofidagi Kanpirak devorlar bir-biri bilan tutashtirilib, yagona mudofaa tizimi vujudga keltirilgan. Kanpirak devorlar koʻchmanchi qabila, elatlarning oʻtroq dehkonchilik vohalariga bosqinchilik, talonchilik yurishlariga qarshi toʻsiq hosil qilish uchun bino etilgan. Ularning yoʻnalish chiziqlari Buxoro, Sugʻd, Usrushona, Toshkent va Gʻarbiy Fargʻona vohalarining VIII—IX asrlardagi obod yerlari chegaralari va katta-kichikligini aniqlashga yordam beradi. X asrda (Somoniylar davrida) Kanpirak devorlar oʻz ahamiyatini yoʻqotib, xarobaga aylana boshlagan[1].
Navoiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]O’rta Osiyo mudofaa istehkomlari meʼmorchiligining nodir namunasi xisoblanadi. „Kampirdevol“ning sharq tomonida Karmana tumani markazi chegarasidagi Qaratogʻ oʻngʻirlaridan boshlanib, Zarafshon qirgʻogʻi boʻylab sharq-gʻarb tomonga yoʻnalgan. Kanpirak devori Qiziltepa tumanining shimoli-sharqiy, janubi-gʻarbiy tomonidagi mavzelarda yer sathi aniq koʻrinib turuvchi, uzoq masofalarga choʻzilib ketgan sunʼiy tuproq qoldiqlari boʻlib, Abu muslim kanalining chap qirgʻogʻi boʻylab Qiziltepa yodgorligi tomon davom ettiradi va undan janubi gʻarbga, soʻngra janubga yoʻnalib, Kogon tumanining janubi-sharqiy qismida oʻz nixoyasiga yetadi.
Kanpirak devorining ikkinchi qismi Buxoro sugʻdining shimoli – gʻarb tomondan Varaxsha (Jondor tumani), undan Subuktepa, Boʻrontepa (Romitan tumani), Xoʻjaqultepa (Peshku tumani) sarxadlari boʻylab oʻtib, Shofirkon kanali chap qirgʻogʻi boʻylab oʻtib, Abu Muslim tepaga tutashgan.
„Kampaidevol“ soʻzining maʼnosi „qazilgan choh“ demakdir. Bu yerda talaffuzda „n“ bilan „m“ almashinuvi kuzatiladi. „Air“ boʻgʻini esa qadimgi „payrya“ – aylana – oʻrov maʼnosida. Demak, kan(m)pir soʻzining oʻzi xandaqli devor degani. Devor soʻzining tub maʼnosi unitilgandan keyin qoʻyilgan.
Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarida Kanpirak devori 782-831 yillarda qurilganligi yozilgan. Arab tarixchisi va sayyoxi Mas’udiy (956 yili vafot etgan) yozishicha Kanpirak devori qadimgi sugʻd podshoxlari zamonida (V-VI asrlar) bino qilingan.
Oʻzbekiston tarixi fanida Kampir devor (devori Kampirak) atamasi Oʻrta Osiyo dexqonchilik vohalarini koʻchmanchilar hujumidan himoya etish maqsadida bunyod etilgan mudofaa inshootlarining tizimini anglatadi.
Qadimgi Kampirak devori qadimgi Usrushona vohasini oʻrab olgan. Bu devorlar sunʼiy koʻtarma holida saqlangan. Toʻrtinchi kampirak devori qadimgi Fargʻona vodiysining gʻarbida VIII asr oxirida IX asr boshlarida barpo etilgan. Beshinchi kampirak devori qadimgi Toshkent vohasini shimol tarafdan oʻralgan boʻlib, Xoʻjakentdan Sirdaryogacha choʻzilgan.
Tuman xududida Qiziltepa yodgorligidan tashqari, Boʻritepa, Abu Muslimtepa, Shaxrivayron, Oqsochtepa, Ajvanditepa, Lavandoqtepa kabi istehkomlar joylashgan. Shuningdek, har bir qoʻrgʻon va devor bilan oʻrab olingan hudud uchun maxsus darvozalar, qoʻrgʻonlar orasidan bir chaqirimdan kamroq masofada xarbiy burjlar qurilgan.
Tarixda Kampirak devori koʻp tarmoqli, qudratli mudofaa devori sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |