Kontent qismiga oʻtish

Karboksimetilsellyuloza n

Vikipediya, erkin ensiklopediya

KARBOKSIMETILSELLYULOZA [C6H7O2(OH)3i(OCH2COOH)x]n – sellyulozaning monoxlorsirka kislota bilan oʻzaro taʼsiri mahsuloti. Sellyulozaglikol kislota, sellyuloza va glikol kislotaning oddiy efiri. Oq qattiq modda, kuchsiz kislota. Mol. m. (30-25)103; yumshash temperaturasi 170°; zichligi 1590 kg/m3. Suvda, ishqorlarning suvdagi eritmalarida, ammiak, osh tuzi va sellyuloza erituvchilarida eriydi, organik erituvchilar, mineral moylarda erimaydi. Ishqoriy sellyulozaga monoxlorsirka kislota yoki uning natriyli tuzini (NaOH ishtirokida) taʼsir ettirib olinadi. Sanoatda K.ning natriyli tuzi tovuvchi vositalar komponenti, kaliyli va misnikelli rudalarni boyitishda flotoreagent, gulqogʻozlar uchun yelim kompozitsiyalarining komponenti, tish pastalari, pardoz vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari (mas, ichimlik va qiyomlar)ni quyultiruvchi modda sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil