Kontent qismiga oʻtish

Karim Sharipov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Karim Sharipov
Tavalludi 1905-yil
Vafoti nomʼalum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari

Karim Sharipov (1905-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — vafot sanasi nomaʼlum, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – sovet jamoat, davlat va siyosiyat arbobi, Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumanidagi 2-sonli mashina-traktor stansiyasi direktori. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957)[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karim Sharipov 1905-yilda Samarqand uyzedida (hozirgi Past Dargʻom tumani) tugʻilgan. KPSS a'zosi. 1920-yildan jamoat, davlat tashkilotlarida oʻz faoliyatini boshlagan[2]. 1920−1965-yillarda dehqon, koranda, mahalliy qishloq xoʻjaligi artelida mexanizator, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Past Dargʻom tumanidagi 2-sonli mashina-traktor stansiyasi direktori[3], Karl Marks nomidagi kolxozda taʼmirlash-texnika stansiyasi boshligʻi boʻlib faoliyat koʻrsatgan[1]. 1956-yilda Past Dargʻom tumani qishloq xoʻjaligi jamoalari paxta xomashyosidan yuqori hosil yigʻib oldilar. Bunday hosilni olishda 2-sonli mashina-traktor stansiyasi hissasi ham boʻlgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining „Oʻzbekiston SSR kolxozchilari, mashina-traktor stansiyalari, sovxozlari, partiya va sovet xodimlariga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi farmoni asosida 1957-yil 11-yanvarda „Sovet paxtachiligini rivojlantirish, gʻoʻza yetishtirishda ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribani keng tatbiq etish, paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olishda erishgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun“ Karim Sharipov Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlangan[3]. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti 4-chaqiriq (1955−1959-yillar) deputati boʻlgan. Pensiyaga chiqqanidan keyin Karim Sharipov Past Dargʻom tumanida yashagan. Vafot etgan sanasi nomaʼlum[2].

1950-yil 16-yanvarda Lenin ordeni[2], 1957-yil 11-yanvarda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni bilan mukofotlangan[3].