Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi)
| ||
Viloyat | ||
---|---|---|
Tegishli | Turkiston general-gubernatorligi | |
Maʼmuriy markazi | Samarqand | |
Asos solingan sanasi | 1887-yil 1-yanvar | |
Aholi (1897-yil) | 860 021 kishi[1] | |
Maydoni | 68 962 km² | |
Xaritada | ||
39°39′15.001″N 66°57′34.999″E / 39.65416694°N 66.95972194°E |
Samarqand viloyati 1887-yil 1-yanvarda sobiq Zarafshon okrugi oʻrnida tuzilgan. Tarkibiga Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Jizzax va Xoʻjand uyezdlari kirgan. Turkiston oʻlkasining janubi-gʻarbida, 65°20' va 71°20' sharqiy uzunlik va 38° va 41° shimoliy kenglikda joylashgan. Shimol, shimoli-sharq va shimoli-gʻarbda Sirdaryo viloyati, sharqda Fargʻona viloyati, gʻarb va janubda Buxoro amirligi bilan chegaradosh boʻlgan.
Maydoni 68 962 kv.km. Aholisi 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, 857 847 kishidan iborat boʻlib, shundan erkaklar – 472 915, ayollar – 384 932, shahar aholisi – 135 568 kishini (umumiy miqdorning 15,7%) tashkil etgan. Aholisining taxminan 68% oʻzbeklar, 23% qozoqlar va tojiklardan iborat boʻlib, shuningdek, ruslar, yahudiylar, loʻlilar, tatarlar, afgʻonlar, hindlar va boshqa yashagan. Oʻtroq aholining asosiy kismini oʻzbek va tojiklar, koʻchmanchi aholi esa qozoqlardan tashkil toptan. Oʻtroq aholi, asosan, dehqonchilik, koʻchmanchi aholi esa chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan[2].
Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand viloyati shaharlarida kustar hunarmandchilik yaxshi, fabrika zavod sanoati esa, sust rivojlangan. Viloyatda 24 ta paxta tozalash zavodi, 5 ta vino, 2 ta pivo zavodi boʻlgan (1897). Samarqand viloyatidan chetga sholi, paxta, mayiz, quruq meva, un, teri, chorva, jun, ipak, yongʻoq, vino chiqarilgan. Viloyat aholisi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻplab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1916-yilgi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonida viloyat aholisi faol ishtirok etgan (qarang Jizzax qoʻzgʻoloni). 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqand viloyati tugatilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand viloyati 1887-yil 13-yanvarda (harbiy boʻlimning 1886-yildagi 1741-son buyrugʻi) tuzilgan, shu bilan birga viloyat hokimiyati tashkil etilgan.
Bu maʼmuriy tuzilishning asosi Zarafshon okrugi boʻlib, uning hududi deyarli butunlay yangi tashkil etilgan viloyat hududiga toʻgʻri kelgan. Zarafshon okrugi 1868-yilda Buxoro amirligining sharqiy qismi bosib olingandan soʻng darhol tashkil etilgan. 1868-yilda Rossiya imperiyasi qoʻshinlari Buxoro amirligidagi ikkinchi yirik va muhim shahar boʻlgan Samarqand shahrini egallab olgan edilar.
1918-yil 30-aprelda viloyat Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirdi. 1924-yil 27-oktabrda Oʻrta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi natijasida Samarqand viloyati Sovet Ittifoqining Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiritildi.
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asr boshlarida Samarqand viloyati 4 uyezdga boʻlingan:
№ | Uyezd | Uyezd shahri | Uyezd shahri gerbi |
Maydoni, vеrsta² |
Aholisi[1] (1897), kishi |
---|---|---|---|---|---|
1 | Jizzax | Jizzax (15 710 kishi) | 25 812,0 | 222 683 | |
2 | Kattaqoʻrgʻon | Kattaqoʻrgʻon (10 087 kishi) | 6 997,6 | 110 006 | |
3 | Samarqand | Samarqand (55 128 kishi) | 7 751,3 | 342 197 | |
4 | Xoʻjand | Xoʻjand (30 109 kishi) | 20 036,7 | 185 135 |
Harbiy gubernatorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ism-familyasi | Unvoni | Rahbarlik davri |
---|---|---|
Aleksandr Yafimovich | general-leytenant | |
Nikolay Rostovtsev | graf, general-leytenant | |
Yakov Fedorov | general-mayor | |
Viktor Medinskiy | general-leytenant | |
Sergey Gesket | general-mayor | |
Aleksandr Galkin | general-leytenant | |
Ilya Odishelidze | general-leytenant | |
Nil Likoshin | general-mayor |
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Statistik maʼlumotlarga koʻra, 1887—1888-yillarda Samarqand viloyatida 254 195 kishi istiqomat qilgan. Ulardan 186 532 kishi (yaʼni aholining 73 foizi) oʻzbeklar, qolgan aholini tojiklar, ruslar, arablar, eroniylar va boshqalar tashkil etgan[3].
1897-yilda Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xoʻjand va Jizzax uyezdlarini oʻz ichiga olgan Samarqand viloyati aholisi 860 021 kishini (472 443 erkak va 387 578 ayollar), shu jumladan shaharlarda 135 313 (75289 erkak va 60002 ayol) tashkil qilgan[4]. Samarqand viloyati Rossiya imperiyasi qoʻl ostida boʻlgan Turkiston oʻlkasining aholi eng zich joylashgan hududi edi.
1897-yil holatiga koʻra Samarqand viloyati aholisining ona tili boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha boʻlgan[4]: oʻzbek – 507.587, tojik – 230.384, qirgʻiz-qozoq – 63.091, sart – 18.073, rus, ukrain, belorus – 14.006, eroniy – 1723, polyak – 1531, yahudiy – 1312, tatar – 460, nemis – 440, arman – 370, boshqalar – 770.
Samarqand shahri aholisi 1897-yilga kelib 55128 kishini tashkil qilgan. 1897-yil holatiga koʻra Samarqand shahri aholisining ona tili boʻyicha taqsimoti quyidagicha boʻlgan[5]: tojik – 36.845, rus, ukrain va belarus – 8393, oʻzbek – 5506, yahudiy – 1169, polyak – 1072, eroniy – 866, nemis – 330, sart – 287, tatar – 165, arman – 159, qashqarlar – 77, qirgʻiz-qozoqlar – 43, boshqalar – 198.
Uyezd[6] | Oʻzbeklar | Tojiklar | Qirgʻiz-qozoqlar | Sartlar | Ruslar | Boshqalar |
---|---|---|---|---|---|---|
Butun viloyatda | 59,0 % | 26,8 % | 7,3 % | 2,3 % | 2,1 % | 1,5 % |
Jizzax | 65,2 % | 2,2 % | 23,1 % | … | 7,6 % | … |
Kattaqoʻrgʻon | 90,9 % | 7,2 % | … | … | 0,04% | … |
Samarqand | 48,6 % | 36,0 % | … | 1,1 % | 0,1% | 2,4 % |
Xoʻjand | 50,9 % | 33,3 % | 6,2 % | 7,8 % | 0,2% | 1,2 % |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Первая всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 г.“. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-dekabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Sbornik materialov dlya statistiki Samarkandskoy oblasti za 1887—1888 godi. Vipusk 1. Samarkand, 1890, s. 249—250
- ↑ 4,0 4,1 „Демоскоп Weekly — Всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 года. Самаркандская область, вся“. 2013-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-mart.
- ↑ „Всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 года. Самаркандская область, город Самарканд“. 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.
- ↑ http://demoscope.ru/weekly/ssp/emp_lan_97_uezd.php?reg=820
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |