Karl Rozental
Karl Feodorovich Rozental | |
---|---|
Tavalludi |
27-iyul 1890-yil |
Vafoti | 15-noyabr 1983-yil |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Karl Feodorovich Rozental (ruscha: Карл Фёдорович Розенталь; 27-iyul 1890-yil – 1983-yil 15-noyabr) – sovet inqilobchisi va sovet hukumati amaldori, 1919-yilda Litva Sotsialistik Sovet Respublikasi va Belorussiyada pochta va telekommunikatsiyalar boʻyicha xalq komissari (yaʼni vazirlar mahkamasidagi bir lavozim) boʻlib ishlagan.
Yoshlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rozental 1890-yil 27-iyulda Rigada tugʻilgan[1]. Uning otasi mebel fabrikasida nazoratchi boʻlib ishlagan[1]. Dvinskdagi Realschuleni[1] va Rozental kechki texnik kurslarida taʼlim olgan. 1907-yilda Transkaspiy temir yoʻlida ishlay boshladi[1]. 1912-yil iyun oyidan boshlab u Toshkentda boʻlib xalq qoʻzgʻolonlariga qoʻshilgan. Qoʻzgʻolon bostirilgach Rozental taxminan bir yil davom etgan tergovga mahkum qilindi. Shundan soʻng u uzoq vaqt davomid politsiya nazoratiga olindi[1].
Jahon urushi va inqilob
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi jahon urushi boshlanganda 1914-yil iyul oyida birinchi Turkiston telegraf diviziyasi tarkibida Gʻarbiy frontga joʻnatilgan[1]. 1917-yil fevral inqilobidan soʻng Slutskdagi inqilobiy harakatda faol ishtirok eta boshlagan. 1917-yil may oyida u Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasiga (bolsheviklar) qoʻshildi. U 1917-yil 3-martda shahar Ishchilar va askarlar sovetiga saylangan va sovet raisi boʻlib ishlagan (u bu lavozimni 1918-yil martigacha, Slutsk nemis ishgʻoliga oʻtkazgunga qadar egallab kelgan)[1][2]. Rozental 1918-yil iyulidan Qizil Armiyada xizmat qildi[1]. 1918-yil avgustda u Smolensk okrugi pochta va telegraflar komissari boʻlgan va oʻsha yilning dekabr oyida Gʻarbiy frontning aloqa komissari lavozimiga tayinlangan[2].
Xalq komissari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1919-yil yanvar oyida Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi tashkil etilganda, Rozental pochta va telegraflar xalq komissari lavozimiga tayinlangan[1][2][3]. 1919-yil 27-fevralda Litva va Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi tashkil etilganda, Rozental yangi respublikaning pochta va telegraf xalq komissari etib tayinlangan[4][5]. Litva va Belorussiya Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod boʻlgan[6][7]. 1919-yil mart oyida Moskvada boʻlib oʻtgan Rossiya Kommunistik partiyasining (bolsheviklar) 8-s’ezdida Litva va Belorussiya Kommunistik partiyasi delegatsiyasi tarkibida boʻlgan[7].
Turkistonga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]1920-yil 3-noyabrda Turkiston fronti aloqa boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi[2]. 1921-yil mart oyidan boshlab Turkiston ASSR (keyinroq Oʻzbekiston SSR)da yashagan[2].
Keyingi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yil mart oyida SSSR xalq xoʻjaligi oliy kengashi Prezidiumining ilmiy kotibi etib tayinlandi[2]. 1931-yil mart oyida u SSSR Davlat reja qoʻmitasining aʼzosi etib tayinlandi[2]. 1939-yildan 1951-yilgacha nafaqaga chiqqunga qadar Rozental Sovet Ittifoqi Ichki ishlar vazirligida mudofaa inshootlarini qurish boʻyicha Bosh taʼminot boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan[2]. Rozental 1983-yil 15-noyabrda vafot etdi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1 yanvarya 1919 goda: vremennoe raboche-krestyanskoe sovetskoe pravitelstvo Belorussii : dokumenti i materiali. Limarius, 2005. p. 181
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Razental Karl Fyodaravіch. Ensiklapediya gіstoriі Belarusі; T. 6. Kn. 1. – S. 85
- ↑ Vadim Andreevich Krutalevich. Rozhdenie Belorusskoĭ Sovetskoĭ Respubliki: provozglashenie respubliki : razvertyvanie nat︠s︡ionalʹno-gosudarstvennogo stroitelʹstva : noi︠a︡brʹ 1918-fevralʹ 1919 g. Nauka i tekhnika, 1979. p. 160
- ↑ Vadim Andreevich Krutalevich. Ocherki istorii gosudarstva i prava Belarusi. Pravo i ėkonomika, 2007 — 124-bet. ISBN 978-985-442-395-1.
- ↑ Белорусская ССР, краткая энциклопедия: История. Общественный и государственный строй. Законодательство и право. Административно-территориальное устройство. Населенные пункты. Международные связи. Белорус. сов. энциклопедия, 1979 — 359-bet.
- ↑ Spravochnik po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898–1991. Kommunisticheskaya partiya Litvi i Belorussii
- ↑ 7,0 7,1 Lietuvos Komunistụ partijos istorijos apybraiža: 1887-1920. Mintis, 1971. pp. 426-427