Karri jangi
Karri jangi - Parfiya bilan Rim qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan jang (mil. av. 53-yil 9 may). Rim qoʻshinlariga M.Krase koʻmondon edi. U harbiy harakatlar boʻladigan hudud va parfiyaliklarning harbiy taktikasidan mutlaqo bexabar boʻlgan. Krase tekislik boʻylab Mesopotamiyaga yurish qilgan. U bunda parfiyaliklarning otliq qoʻshini aynan tekisliklarda nihoyatda xavfli boʻlishini hisobga olmagan. Rim koʻshini Yevfrat(Furot)ni kechib oʻtib choʻl ichkarisi tomon soxta chekinayotgan parfiyaliklarni 3—4 kun taʼqib etgan. Parfiyaliklar sarkardasi Surena dushmanga qarshi chiqishga puxta tayyorgarlik koʻrgan. Mil.av. 53-yil 9-mayda Karri sh. yaqinida parfiyaliklar rimliklarga qarshi xujumga oʻtishgan. Jangdan avval parfiyaliklarning ulkan jang nogʻoralari (dovullar) chalingan. Parfiyaliklar sochma saf tortib, olisdan, chor atrofdan deyarli nishonga olmay ham (rimliklar shunchalik zich boʻlib turishganki, ataylab ham oʻqni xato ketishi mushkul edi) raqiblarini oʻqqatutishgan. Krase Rim qoʻshinining eng sara qismini hujumga tashlagan, unga Krassning oʻgʻli rahbarlik qilgan. Parfiyaliklar yana soxta chekina boshlashgan, rimliklar otryadi ancha masofagacha ularni taʼqib etib, janggohdan uzoqlashgach, parfiyaliklar ularni qurshab olib, tormor etganlar. Tunda Rim qoʻshini shoshapisha qocha boshlagan. Lekin, bu ularni qutqara olmagan. Pirovardida ularning barchasi yakson etilgan yoxud asir olingan. Krase 10-maydagi muzokaralar vaqtida oʻldirilgan. Uning kesib olingan boshi harbiy oʻlja sifatida shoh Orod II ga joʻnatilgan. Ruhan tushkunlikka uchragan bevosh Rim armiyasining kalgan qismi (12—14 ming kishi) Yevfrat daryosi ortiga chekingan. Asir tushgan rimliklar, baʼzi bir manbalarga koʻra, Marv viloyatiga joylashtirilgan. Bu yerda rimlik legionerlar mahalliylashib, oila qurib, parfiyaliklar qoʻshinida xizmat qilishgan (Goratsiy, "Odalar", IV, 5,5). Rimlik legionerlarning bir qismi shim.- sharqqa, Yettisuvga kadar yetib borganligi maʼlum.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |