Kaspiy oti
Kaspiy oti — dunyodagi xonakilashtirilgan otlarning (Equus caballus) eng qadimiy zotlaridan biri boʻlib, uning Shimoliy Eronda Fors imperiyasi davrida mavjudligining eng qadimgi dalili miloddan avvalgi 3400 yilga toʻgʻri keladi[1]. Kaspiy otlarining oʻziga xos xususiyati ularning kichik boʻylari (yerdan balandlik bir metr yoki undan pastroq) boʻlib, ularda tananing nisbati poni otlaridan farq qiladi va katta otlarga oʻxshab ketadi. Bu otlar Fors imperiyasida chopar sifatida minish, aravalarga qoʻshish va ov qilish uchun ishlatilgan. Ularning qadimiy ot tasvirlari bugungi kungacha saqlanib qolgan, Kaspiy otlar Fors shohi Buyuk Doro I ning poytaxti Persepoldagi bareleflarda o‘yib yozilgan va Amudaryo xazinasidan topilgan aravaning oltin maketida tasvirlangan.
Bu ot zoti uzoq vaqt davomida yoʻq boʻlib ketgan deb hisoblangan, Luiza Firuz 1965-yilgacha Eron shimolida ushbu tur otlarini topa olmadi. Ularning anatomiyasini oʻrganish ular qadimgi fors otlarining avlodlari ekanligini koʻrsatdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- International Caspian Society Архивная копия от 10 июня 2021 на Wayback Machine