Katalin Kariko
Katlin Kariko | |
---|---|
Tavalludi |
1955-yil 17-yanvar Solnok, Vengriya |
Ish joylari |
Pennsylvania Universiteti BioNTech |
Institutlar | Szeged Universiteti |
Katalin Kariko (1955-yil 17-yanvarda Vengriyaning Solnok shahrida tug'ilgan ) - vengriyalik biokimyogar va olim. Kariko Germaniyada joylashgan BioNTech biotexnologiya kompaniyasining katta vitse-prezidenti , Pfizer va BioNTech tomonidan COVID-19 vaktsinasi birgalikda ishlab chiqarilishida uning mRNK texnologiyasidan foydalanilgan.
Ilk yillar va ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katalin Kariko 1956-yilgi Vengriya qoʻzgʻolonidan bir yil oldin Yas-Nagykun-Szolnok provinsiyasining markazi Solnok shahrida tugʻilgan[1]. Uning otasi qassob, onasi esa uy bekasi boʻlgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqqan Kariko 23 yoshida Szeged universitetining Biologik tadqiqotlar markazida bakalavriatda o‘qishni boshlagan va shu yerda doktorlik darajasini tamomlagan. Uning RNKga boʻlgan qiziqishi Seged universitetida paydo boʻldi va uni rivojlantirish uchun ilmiy xodimlar tarkibiga kirdi. Filadelfiyadagi Templ universitetidan taklifnoma olgandan soʻng, u oʻsha yili turmush oʻrtogʻi va qizi bilan Vengriyadan AQShga koʻchib oʻtdi[2]. Kommunistik tuzum davrida vengerlarga mamlakatdan pul olib chiqish taqiqlangan edi, shuning uchun Kariko va uning eri AQShga borish uchun oʻz mashinasini 1200 dollarga sotishga majbur boʻlgan va pulni ikki yoshli qizining ayiqchasiga yashirishgan[3].
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yillardan oʻz faoliyatini boshlagan Katalin Kariko Pensilvaniya universiteti tibbiyot fakultetida Messenger RNK boʻyicha oʻqishni davom ettirdi. 1980-yillarning oxirida koʻplab olimlar DNKga eʼtibor qaratdilar, bu saraton kabi kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishni tushunishning kaliti sifatida koʻrildi. Ammo Karikoning asosiy qiziqishi RNK edi. Oʻsha paytlarda mRNK tadqiqotlariga qiziqish pasayganligi sababli, kasalliklarga qarshi kurashda ushbu usuldan foydalanish ishonchli deb hisoblanmadi. Shu sababli, uning ilmiy tadqiqotlari uchun mablagʻ topish haqidagi arizalari rad etildi. 1995-yilda Pensilvaniya universiteti professori unvonini olishni kutgan Kariko aksincha pastroq oʻringa tushib ketdi. Shu bilan birga, unga saraton tashxisi qoʻyildi. U OIVga qarshi emlash ustida ishlayotgan immunolog Dryu Vaysman bilan uchrashdi. 2005-yilda ular hamkorlik qilishga qaror qilishdi. Ular oʻz tadqiqotlarini davom ettirdi va RNKni lipid nanozarrachalariga oʻrashga muvaffaq boʻldi. Keyingi yili Kariko va Vaysman mRNK preparatlarini ishlab chiqish uchun kompaniyaga asos soldi va Kariko bosh direktor etib tayinlandi. 2013-yilda Kariko Germaniyaning Maynts universiteti kampusida joylashgan va oʻsha paytda hatto veb-sayti ham boʻlmagan BioNTech kompaniyasida ishlay boshladi . Shuningdek, ushbu davrda u Amerikaning Moderna biotexnologiya va farmatsevtika kompaniyasidan ish taklifini oldi[1].
Karikoning ishi va tadqiqotlari BioNTech kompaniyasida vaksina ishlab chiqaradigan immunitet hujayralarini yaratishga qaratilgan edi. 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida paydo boʻlgan va butun dunyo boʻylab tarqalgan COVID-19 epidemiyasidan soʻng tibbiyot hamjamiyatining butun etibori koronavirusga qarshi vaktsinasini topishga qaratildi. 2020-yilda ushbu vaksina Pfizer va BioNTech tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.U Pfizer-BioNTech COVID-19 vaktsinasi edi[4].
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]• 2020-yil 30-dekabrda u Vengriyadagi MTVA davlat milliy teleradiokompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalardan biriga qoʻshgan katta hissasi va RNK vaksinasi ustidagi ishlari uchun “Yil odami” deb tanlandi[5].
• 2020-yil dekabr oyida Forbes jurnali tomonidan “2020-yilning eng ilhomlantiruvchi muhojirlari” roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi[6].
• Kariko, Ug'ur Shahin va uning rafiqasi O'zlem Türeci kabi oltita boshqa olim bilan birgalikda "Texnik va ilmiy tadqiqotlar" sohasida 2021-yilgi Asturiya Knyazligi mukofotiga loyiq deb topildi[7].
• 2022-yil Kariko, Özlem Türeci va Ugʻur Shahin Germaniyaning eng nufuzli tibbiyot mukofoti Pol Erlix va Lyudvig Darmshtedter mukofoti ni olishdi[8].
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhandis Bela Fransiya bilan turmush qurgan Katalin Kariko, shuningdek, 2008-yilgi va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan eshkak eshuvchi Syuzan Fransiyaning onasi hamdir[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ 1,0 1,1 Trouıllard, Stephanie „Katalin Kariko, the scientist behind the Pfizer Covid-19 vaccine“. France 24. 27-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2020-yil.
- ↑ Bendix, Aria „BioNTech scientist Katalin Kariko risked her career to develop mRNA vaccines. Americans will start getting her coronavirus shot on Monday.“. Business Insider. 16-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2020-yil.
- ↑ Kennedy, Dana „This scientist’s decades of mRNA research led to both COVID-19 vaccines“. New York Post. 5-dekabr 2020-yida asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
- ↑ Kollewe, Julia „Covid vaccine technology pioneer: 'I never doubted it would work'“. The Guardian. 21-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Hungarian Biochemist Katalin Karikó Wins Public Media’s Person of the Year Award“. Hungary Today. 31-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
- ↑ „The Most Inspiring Immigrants Of 2020“. Forbes. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
- ↑ „2021 PRINCESS OF ASTURIAS AWARD FOR TECHNICAL & SCIENTIFIC RESEARCH“. Prenses Asturias Vakfı. 23-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2021-yil.
- ↑ „Türeci ve Şahin'e prestijli tıp ödülü“. Deutsche Welle. 21-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentyabr 2021-yil.
- ↑ Zaccardi, Nick „Olympic rowing champ’s mom helped pave way to coronavirus vaccine“. NBC. 8-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.