Kontent qismiga oʻtish

Uğur Şahin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ugʻur Shahin
Ug'ur Shahin turkcha Uğur Şahin
Tavalludi 1965-yil 19-sentyabr
İskenderun, Hatay, Turkiya
Fuqaroligi Turk-german
Kasbi Shifokor
Ish joylari Kyoln Universiteti
Saarland Universiteti
Zurih Universiteti Kasalhonasi
Mainz Universiteti
Ganymed İlaç
BioNTech
Ilmiy unvoni Prof. Dr.
Mukofotlari Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni
Turmush oʻrtogʻi Özlem Türeci

Uğur Şahin (1965-yil 19-sentyabrda Turkiyaning Hatay viloyatida tugʻilgan) – Asl kelib chiqishi turk boʻlgan germaniyalik immunolog, onkolog, akademik, olim va tadbirkor. Maynsda joylashgan BioNTech biotexnologiya kompaniyasi asoschisi va bosh direktori boʻlgan Shahin, shuningdek, Maynsdagi Yoxannes Gutenberg universiteti tibbiyot markazida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Shahin va uning rafiqasi Oʻzlem Tureji 2019-yilda Xitoyning Vuxan shahrida paydo boʻlgan koronavirus epidemiyasining sababi boʻlgan SARS-CoV-2 ga qarshi Pfizer-BioNTech COVID-19 vaktsinasining ishlab chiqilishi haqidagi xabardan soʻng xalqaro ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida boʻldi. Bozor qiymati 87 milliard dollar boʻlgan BioNTech kompaniyasi egasi Ugʻur Shahin, Özlem Tureji bilan birga Germaniyaning eng boy 10 kishisi orasida 8-oʻrinni egalladi. U Pandemiya davrida Bloomberg Business'ning „Dunyoning eng boy 500 kishisi“ roʻyxatida 15,3 milliard dollarlik shaxsiy boyligi bilan 137-oʻringa koʻtarilgan.

Ilk yillar va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ugʻur Shahin 1965- yil 19-sentabrda Hatayning İskenderun tumanida tugʻilgan[1]. Toʻrt yoshida u onasi bilan Germaniyaning Kyoln shahriga koʻchib keldi. Oʻsha paytlarda uning otasi Ford Motor Company zavodida ishlar edi. Oʻrta maktabda taʼlim olgandan soʻng, u 1984 yilda Kyoln universitetining tibbiyot fakultetida tibbiyot yoʻnalishida oʻqishni boshladi va 1992 yilda tugatdi[2]. 1993-yilda u oʻsha universitetda Maykl Pfreundschux rahbarligida oʻsimta hujayralarida immunoterapiya boʻyicha ishi uchun doktorlik darajasini oldi. U 2006-yilda Mayns universiteti professori unvonini oldi[3].

Shahin 20 yoshida talabalik davrida laboratoriyada ishlay boshlagan. 1990-yillarning boshida u Kyoln universitetining leykemiya boʻlimida ichki kasalliklar va gematologiya – onkologiya shifokori, keyin esa Saarland universitetida sakkiz yil ishlagan[4]. U oʻz ishida immunolog rafiqasi Oʻzlem Tureji bilan tez-tez hamkorlik qildi va 2001 yilda saratonga qarshi monoklonal antikorlarni ishlab chiqish uchun Ganymed kompaniyasiga asos soldi[5]. Shahin TRON biofarmatsevtika tadqiqot tashkilotining asoschisi va aktsiyadori hamdir. Bu tashkilotning vazifasi saraton va boshqa jiddiy kasalliklarni davolash uchun yangi tashxislar va dori-darmonlarni topish va doktorantlarga tadqiqot va ishlanmalar uchun ilmiy maslahat berishdir.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda oʻqiyotganda Istanbuldan Germaniyaga koʻchib kelgan shifokorning qizi Oʻzlem Tureji bilan tanishdi. 2002-yilda ular turmush qurishdi. Uni 2023 yilda Time jurnali Oʻzlem Tureji bilan birgalikda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan[8].Toʻrt yil oʻtgach, ularning qizi tugʻildi. Shahin nemis, turk va ingliz tillarida ham bemalol gapira oladi.

[Ug'ur Shahin]

  1. Rauscher, Hans „Migration und Qualifikation - derStandard.at“. 18-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2020-yil.
  2. „Prof. Dr. Ugur Sahin“. Mainz Johannes Gutenberg Üniversitesi. 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  3. „Prof. Dr. med. Ugur Sahin“. SFB. 11-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2020-yil.
  4. Wright, Bob „How One Professor Built Two Billion-Dollar Biotechs“. Life Science Leader. 1-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2020-yil.
  5. Vardi, Nathan „Ugur Sahin Becomes A Billionaire On Hopes For Technology Behind COVID-19 Vaccine“. Forbes. 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.
  6. „Erfolge“. Federal Eğitim ve Araştırma Bakanlığı. 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
  7. „Aydın Doğan Ödülü: Dr. Özlem Türeci ve Prof. Dr. Uğur Şahin“. Doğan Holding. 2-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  8. „Ozlem Tureci and Ugur Sahin: The 100 Most Influential People of 2023“ (Ingliz). 13-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.