Kontent qismiga oʻtish

Katta Mahdiy masjidi

Koordinatalari: 35°30′14.03″N 11°4′19.39″E / 35.5038972°N 11.0720528°E / 35.5038972; 11.0720528
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta Mahdiya masjidi
Joylashuv Mahdiya
Turi Masjid
Balandligi 75 metr
Eni 55metr
Qurila boshlagan X asr 1961-1968 yillar
Xarita
Koordinatalari 35°30′14.03″N 11°4′19.39″E / 35.5038972°N 11.0720528°E / 35.5038972; 11.0720528

Mahdiyadagi (arabcha: الجامع الكبير في المهدية ‎ roman. Jomiy al-Kabir) — buyuk Fotimiylar[1] masjidi, Tunisning Mahdiya shahrida, 910- (yoki 916[2])[3] yilda qurilgan.

XIII asr tarixchilarining xabar berishicha[3] masjid 909-yildan 934-yilgacha hukmronlik qilgan xalifa Ubaydulloh al-Mahdiy davrida qurilgan[2]. Ayvon va hovlining shimoliy binosidan tashqari, uning hovlisida hech narsa saqlanib qolmagan, ammo 1961—1968 yillarda fransuz arxitektori va tarixchisi loyihasiga binoan bino toʻliq restavratsiya qilingan[3].(Arxeolog Александр Лезин [Александра Лезина; Alexandre Lézine]). Shu bilan birga, bino bundan ilgari ham qayta qurilgan (Ziridlar sulolasi va Usmonli imperiyasi davrida). Zirid davrida qibla mehrobi qulagandan keyin, XI asrda masjidning yangi mehrobi qurilgan, u ham 1960-yillarda qayta tiklangan[3]. Vaholanki, Mahdiyadagi masjid fotimiylarning eng qadimgi masjidlaridan biri edi.

Masjiddan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, Usmonli Kebir qal’asi joylashgan hisoblanadi Бордж эль-Кебир [Borj El Kebir] XVI asrda qurilgan)[4].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid meʼmorchiligiga Qayruandagi Uqba masjidining paydo boʻlishi taʼsir koʻrsatgan[5]. Masjid binosi toʻrtburchak shaklda boʻlib, devorlari qalin va mustahkam qilib qurilgan, uzunligi taxminan 75 metr va eni 55 metr[3]. Taxminlarga koʻra, masjidning minorasi boʻlmagan va azon ovozi devor burchaklaridagi minoralarning biridan eshitilib turgan. Masjidning ayvonchasi Rim zafar arklarini eslatadi, u taqa shaklida boʻlib, har ikki tomonida mehrobga oʻxshash oʻyiqlar boʻlib, tekis arklar bilan bezatilgan.

Masjidning shimoliy galereyasidagi arklar uchli, qolganlarida taqa shaklida qilingan[3]. Qayta tiklangan mehrob ustidagi gumbaz ikki ustun va gumbaz bilan mustahkamlangan.

Musulmon meʼmorchiligiga taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

X asrning asl binosidan saqlanib qolgan Mahdiyadagi Katta masjidning ayvonchasi Magʻrib diniy meʼmorchiligi yodgorliklarining birinchisi hisoblanadi[2]. Uning Fotimiylar yodgorliklarining o‘ziga xos xususiyati hisoblangan tekis ravoqlar bilan bezatilganligi Ziridlar sulolasi uchun meros bo‘lib qolgan[3]. Bundan tashqari, Mahdiyadagi masjidning arxitekturasi Misr masjidlarining, xususan, al-Hakim va Мечеть аль-Акмар [аль-Акмар; Aqmar Mosque] masjidlarining tashqi koʻrinishiga taʼsir koʻrsatganligi taʼkidlangan) Qohirada[3].

Fototasvirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Great Mosque of Mahdia“. dla.library.upenn.edu. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 2,2 „Qantara - Great Mosque of Mahdiyya“. www.qantara-med.org. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 „Discover Islamic Art - Virtual Museum - monument_ISL_tn_Mon01_21_en“. islamicart.museumwnf.org. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  4. „Mahdia | Tunisia“ (en). Encyclopedia Britannica. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  5. {{{заглавие}}}.