Katta mushuklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta mushuklar
Katta mushuklar oilasiga kiruvchi tur. Bengal yo'lbarsi.
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Kenja oila: Katta mushuklar

Katta mushuklar (lot. Pantherinae) — mushuksimonlar oilasiga kiruvchi ostoilaridan biri. Bu ostoilaga mushuksimonlarning eng yirik vakkillari kiradi. Ammo katta mushuklar ostoilasiga tegishli bo'lish mezoni kattalik emas, balki morfologik tafsilotlaridir, masalan, til osti suyagining tuzilishi. Aynan shu sababli katta mushuklar oilasiga, gepard va puma kabi yirik turlar kirmaydi. [1] Birinchi marotaba bu ostoilani 1917-yilda Reginald Innes Pocock tasniflagan. Katta mushuklar 9,32 dan 4,47 million yil oldin yoki 10,67 dan 3,76 million yil oldin umumiy ajdoddan genetik jihatdan ajralib chiqqan.[2][3]

Tashqi ko'rinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sher bolasi, panjalarida dog'lari ko'rinib turibdi, Masai Mara, Keniya

Barcha katta mushuklarning mo'ynalarida dog'lar bor, hatto ular birinchi qarashda ko'rinmasa ham[4] . Dog'lar leopard va bulutli leopard, qor qoplon va yaguarda aniq ko'rinadi. Yo'lbars mo'ynasidagi chiziqlar cho'zilgan va birlashib ketgan dog'lardir. Arslonda adaptatsiya sababli dog'lar yo'qolib ketgan, lekin dog'lar arslon bolalarida mavjud bo'ladi.

Katta mushuklar o'zlarining kichik qarindoshlaridan til osti suyagi tuzilishida farqlanadi. Suyak tomoqdagi til mushaklarini boglab turuvchi mayda suyaklardan iborat. Ilgari, bu belgi irillash qobiliyati bilan bog'liq deb hisoblangan. Biroq, yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, irillash boshqa anatomik xususiyatlarga, birinchi navbatda, hiqildoqning maxsus tuzilishiga asoslangan. Arslon, yo'lbars, leopard va yaguarda juda uzun ovoz paylari va qalin elastik to'qimalar irillash imkonini beradi. Qor qoploni, bulutli leopard va boshqa mushuk turlari bunday xususiyatlarga ega emas va irilla olmaydi.

Urugʻ va turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

R. I. Pocock Pantherinae ostoilasiga dastlab Panthera va Uncia urug'larini kiritgan,[1] zamonaviy tasnifga ko'ra Panthera va Uncia urug'lari Panthera urug'iga birlashtirgan va yangi Neofelis urug'i ajratilgan.[5]

Quyida katta mushuklar turkumining urug' va turlarining toʻliq roʻyxati keltirilgan:

Katta mushuklar ostoilasi (Pantherinae)
Tashqi koʻrinishi Nomi Lotincha nomi Tarqalishi va muhofaza maqomi Ostturlari
Panthera urugʻi
Erkak

Urgʻochi

Sher Panthera leo Linnaeus 1758
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Yaguar Panthera onca Linnaeus 1758
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Leopard Panthera pardus Linnaeus 1758
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Yoʻlbars Panthera tigris Linnaeus 1758 |
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Ilvirs Panthera uncia Schreber 1775
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Neofelis urugʻi
Bulutli leopard Neofelis nebulosa Griff 1821
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Borneo bulutli leopardi Neofelis diardi Cuvier 1823
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
  1. 1,0 1,1 Pocock, R. I.. The Annals and Magazine of Natural History, "The Classification of existing Felidae", Series 8. XX: (Ingliz tili), 1917 — 329–350. bet. 
  2. Johnson, W. E.; Eizirik, E.; Pecon-Slattery, J.; Murphy, W. J.; Antunes, A.; Teeling, E. & O'Brien, S. J.. "The late Miocene radiation of modern Felidae: a genetic assessment" (Ingliz tili). Science, 2006 — 73-77 bet. 
  3. Li, G.; Davis, B. W.; Eizirik, E. & Murphy, W. J.. "Phylogenomic evidence for ancient hybridization in the genomes of living cats (Felidae)". Genome Research., 2016 — 26 bet. 
  4. „Большие кошки от National Geographic“ (Rus tili) (2018).
  5. Kitchener, A. C.; Breitenmoser-Würsten, C.; Eizirik, E.; Gentry, A.; Werdelin, L.; Wilting, A.; Yamaguchi, N.; Abramov, A. V.; Christiansen, P.; Driscoll, C.; Duckworth, J. W.; Johnson, W.; Luo, S.-J.; Meijaard, E.; O’Donoghue, P.; Sanderson, J.; Seymour, K.; Bruford, M.; Groves, C.; Hoffmann, M.; Nowell, K.; Timmons, Z.; Tobe, S. (2017). Cat News (muh.). „A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the Cat Classification Task Force of the IUCN Cat Specialist Group“ (PDF). 64-75-bet. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: multiple names: authors list ()