Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi
1922–1936 | |||||||||||||||||
Tarixiy era | XX asr | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud |
Armaniston Ozarbayjon Gruziya Rossiya |
Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi, Kavkazboʻyi SFSR (armancha: Անդրկովկասի Խորհրդային Սոցիալիստական Դաշնային (Ֆեդերատիվ) Հանրապետություն; ozarbayjoncha: Zaqafqaziya Sosialist Federativ Sovet Respublikası; gruzincha: ამიერკავკასიის საბჭოთა ფედერაციული სოციალისტური რესპუბლიკა; ruscha: Закавказская Социалистическая Федеративная Советская Республика) – Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1922–1936-yillarda mavjud boʻlgan. Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyani oʻz ichiga olgan. Rossiyadan Kavkaz togʻlari ajratib turgani uchun bu uch davlat Zakavkazye (Kavkazorti) davlatlari deb nomlangan. Zakavkazye SFSR 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvini imzolagan toʻrt davlatning biridir. Oʻsha kuni Sovet Ittifoqiga kiritilgan.[1]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1922-yilning 12-martida Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya hududida Zakavkazye Federatsiyasi tuzilgan. Oʻsha yilning 13-dekabrida Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi (Zakavkazye SFSR) deb qayta nomlangan. Zakavkazye SFSR 1922-yil 30-dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvini imzolagan toʻrt davlatning biridir. Oʻsha kuni Sovet Ittifoqiga kiritilgan. 1936-yil 5-dekabrda Zakavkazye SFSR tugatilib, uning oʻrniga Armaniston SSR, Ozarbayjon SSR va Gruziya SSR tuzilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Zakavkazye Federatsiyasi" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 288. 5-89890-002-0.