Kayxusrav Inoqbiy madrasasi
Madrasa | |
Kayxusrav Inoqbiy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Kayxusrav inoqbiy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Kayxusrav inoqbiy |
Asosiy sana: XVIII asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 19 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Kayxusrav Inoqbiy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Kayxusrav Inoqbiy madrasasi XVIII asrda Sari puli rav gʻangaron guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Shohmurod davrida, Kayxusrav inoqbiy tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida Bibi oʻzbek Bibish binti Hasanxon devongi hijriy 1220-yil zulqaʼda oyida (milodiy 1806-yil yanvar-fevral) Kayxursav inoqning toʻrt hujrasi uchun Komot tumanidagi Sari mavzesida 8 va 2 tanobdan iborat xurri xolis yerini vaqf qiladi va Junaydullohxoja ibn qozi Shokirxojani vakil qilgan. Madrasaga mazkur inoqning oʻgʻli Muhammad Hakimbek qori mutavvali boʻlgan. Undan soʻng uning avlodlari ushbu vazifani bajarishgan. Mutavvali hosildan ushr oladi. Qolgan qismi toʻrtta hujradagi 8 nafar talabaga beriladi. Kayxusrav Amir Doniyolbiy otaliq davrida dasturxonchi lavozimida ishlagan. Dasturxonchi amirning yaqin kishilaridan biri boʻlgan. Kayxusrav keyinchalik inoq lavozimiga koʻtarilgan. U Buxoro amirlari Amir Doniyolbiy va Amir Shohmurod davrida saroyda faoliyat yuritgan. U Kahkashon qishlogʻida bir masjid ham qurdiradi. Vaqf hujjatlarida u Kayxusrav dasturxonchi sifatida tilga olingan boʻlib, 1759-yilda Xutfar tumanida Ubayboy mavzesidagi 200 tanob xurri xolis yerini masjid uchun vaqf qilgan[2].
Kayxusrav Inoqbiy 19 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.