Kontent qismiga oʻtish

Kelin salom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kelin salomnikoh toʻyi marosimlaridan. Kelin salom turkiy va boshqa xalqlarda turli shakllarda uchraydi. Kelin tushgan kunning ertasiga ertalab kuyovning ota-onasi va yaqinlariga hurmat yuzasidan oʻtkaziladi. Mahallaning dasturxonchisi yoki K.s.ni boshqaruvchi kelinni yasantirib, yuziga parda yopgan holda hovliga olib chiqadi, qiziq gaplar, hikmatli soʻzlar, baytlar bilan kelin yoniga keluvchilarga murojaat qilgan. Kelin jim turgancha gap kimga qaratilgan boʻlsa, oʻshanga qarab taʼzim qilgan. Baland ovoz bilan birinchi boʻlib, qaynota, soʻng qaynona nomini aytib K.s. deydi. K.s. kuyov ota-onasidan boshlanib, oiladagi eng kichik bolalargacha, qoʻniqoʻshnilarga ham bagʻishlangan.

Kelin taʼzim bilan egilib qaynota va qaynonasiga salom qiladi, ular salom javobini berib, kelinning boshiga koʻrmana qoʻyadilar. Soʻng kuyovning akaukalari qarindosh va yaqinlari navbat bilan kelib, dasturxonchi qoʻliga koʻrmana (odatda pul, mato, roʻmol va b.) beradilar. Dasturxonchi ularga kelin nomidan turli sovgʻalar (kiyimlik, roʻmol, belbogʻ va b.) topshiradi (yana. q. Betochar).

  • Boʻriyev O., Shoymardonov I., Nasriddinov K,., Oʻzbek oilasi tarixidan, T., 1995.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil